Page 327 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 327
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
zodning mumkin bo‘lgan kontragentlari bilan suhbatlar uyushtirish
kabilarni ko‘zda tutuvchi ko‘p bosqichli saralash usulidan foydala nish;
5) o‘quv muassasalari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
boshlang‘ich o‘quv kurslarini tashkil etish, stajirovka o‘tash tizimini
takomillashtirish orqali yosh mutaxassislarni jalb etishga eʼtibor
qaratish (stipendiya dasturlari, grantlar, musobaqa, tanlov va
olimpiadalar o‘tkazishda ishtirok etish).
Innovatsion g‘oyalar o‘zgacha fikrlash (thinking out of the box),
o‘zgarishlarga moslashishga intiladigan emas, balki o‘zgarishlarni
izlaydigan tafakkur qobiliyati mavjud jamoalarda to‘planadi. Xalqaro
bozorni zabt etib, o‘yin qoidalarini o‘zgartirishga harakat qiluvchi
har qanday kompaniya o‘z innovatorlik qobiliyatiga alohida eʼtibor
beradi. Misol uchun, “Volvo Group” korporatsiyasi bunday g‘oyalar-
ning asosiy manbai – bu insonlar ekaniga ishonadi va shu sababli
kapitalining salmoqli qismini xodimlarining rivojlanishiga va noyob
korporativ madaniyatni yaratishga sarflaydi. Bizningcha, bu yo‘na-
lishga eʼtiborning sustligi kompaniya oqim bo‘yicha ketishiga va
bozor qonunlariga qaram bo‘lib qolishiga olib keladi.
O‘zbekistondagi yirik kompaniyalarga kelsak, fikrimizcha,
innovatsion g‘oyalar yaratish madaniyatini takomillashtirish uchun
qu yidagilarni amalga oshirish lozim.
1. Taʼlim va malaka oshirish bo‘yicha bo‘lim yoki
yo‘nalishni tashkil qilish
Xodimlarni o‘qitish – kelajakka dadil qarash demakdir. Ko‘nikma lar-
ning muntazam yangilanishi kadrlar aqliy salohiyatining o‘sishiga va
ke lajakka dadil qarovchi sadoqatli jamoa yuzaga kelishiga xizmat qiladi.
“Volvo Group” kompaniyasida bu bilan “Volvo Group University” shu-
g‘ullanadi. Ushbu universitet kompaniya tomonidan xodimlarni mun-
tazam ravishda yangi bilimlar bilan taʼminlash uchun tashkil etilgan.
Bundan tashqari, globallashuv sharoitida kompaniyalar uchun
faoliyat chegarasini kengaytirish va mamlakatdan tashqariga chi qish
nihoyatda muhim. Xorijiy bozorga chiqish boshqa mamlakatlardagi
tadbirkorlik faoliyati madaniyatini hamda urf-odatlar va anʼanalarni
326