Page 329 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 329
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Yuqorida keltirilgan tamoyillar asosida noyob korporativ
madaniyatni yaratish kompaniyalarga rivojlanishning yangi
bosqichiga chiqish va innovatsion maqsadlarni hayotga muvaffaqiyatli
tatbiq etish imkonini beradi.
HR-menejment sohasidagi eng so‘nggi tendensiyalardan biri – bu
xodimning qiymat taklifi konsepsiyasi (Employer value proposition –
EVP)ni ishlab chiqishdan iborat. Qiymat taklifi o‘z ichiga funksional,
ijtimoiy va emotsional naflarni o‘z ichiga oladi. Qiymat taklifi ish
beruvchining brendi bilan ham bog‘liq. Shu sababli ham qiymat
taklifi xodimga kompaniya tomonidan taklif etilayotgan neʼmatlar
va ish beruvchi kompaniyaning brendining umumiy yig‘indisidan
tashkil topadi. Har tomonlama puxta ishlangan qiymat taklifining
maqsadi ish beruvchi sifatidagi tashkilotning asosiy raqobat
ustunliklari borasida potensial nomzodlarni boxabar qilish va shu
orqali kompaniyaga zaruriy xodimlarni jalb qilishdan iboratdir.
Innovatsion kompaniyaning qiymat taklifini ishlab chiqishda
biz nesni innovatsion rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishga
qodir bo‘lgan insonlarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish juda
muhim sanaladi. Boshqacha qilib aytganda, kompaniya tomonidan
ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan qadriyatlar nomzodlarning
qadriyatlariga zid bo‘lmasligi kerak (8.1-jadvalga qarang).
Innovatsion kompaniyalar tomonidan qiymat taklifini ishlab
chiqishda yoshlar (“U” avlod) ning yosh xususiyatlari va hozirgi davr
sharoitidan kelib chiqqan holda nimani afzal ko‘rishlarini eʼtiborga
olish ham muhim o‘rin tutadi, zero bugungi kunda mehnat bozorida
iqtidorli yosh mutaxassislarga talab har qachongidan ham katta.
Qiymat taklifini ishlab chiqar ekan, korxona aslida, personalni
boshqarish chog‘ida foydalanuvchi motivatsion vositalar to‘plamini
saralab oladi. Shu bois, bu o‘rinda mehnatni rag‘batlantirish
evolyutsiyasini tavsiflovchi zamonaviy trendlarni inobatga olish
katta ahamiyat kasb etadi. Bunday trendlar sirasiga mehnatni
rag‘batlantirishda nomoddiy omillar ahamiyatining ortib borishi,
mansab pillapoyalari bo‘yicha o‘sish imkoniyatlarining mavjudligi,
xodimning yakka mehnatining samaradorligini baholash va uni
328