Page 334 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 334

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          mahsulotni yaratish turli mutaxassislarning jamoaviy ishi  natijasi
          hisoblanadi.
            Shu sababli innovatsiyalarni yaratuvchi yakka ixtirochilar va sanoat
          korxonalari  jamoalari  o‘rtasida  mehnat  taqsimoti  chuqurlashib
          bormoqda. Albatta, ixtirochilar va olimlarning yangi g‘oyalar gene-

          ratori sifatidagi ahamiyati innovatsiyalarning paydo bo‘lishi uchun
          asosiy va boshlang‘ich turtki bo‘lib qolmoqda.
            Innovatsion kompaniyalarning o‘ziga xos xususiyati ijodkor
          shaxs larga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishda o‘z aksini

          topadi. Ijodkorlik  – bu muammolarni hal qilishning o‘ziga xos
          usullari yoki g‘ayrioddiy qarorlar qabul qilishda ifodalangan shaxsiy
          sifatdir. Ijodiy qobiliyatlar insonga tug‘ilishdan xos bo‘lishi mumkin
          bo‘lsa-da, ammo ular faqat ijodkorlikka keng imkon yaratiluvchi va
          rag‘batlantiriluvchi muhitda o‘zini yaqqol namoyon qiladi.

            Innovatsiya  nafaqat  yangiliklarni  yaratish,  joriy  qilish  va  tarqatish
          (diffuziya)  ning  tashkiliy  va  texnologik  bosqichma-bosqich  jarayo ni,
          balki tashkilotning funksiyalari va tuzilmasi, uning qadriyatlari o‘zgarishi
          bilan  bog‘liq  ijtimoiy-madaniy  jarayon  sifatida  ham  ko‘rib  chiqiladi.
          Innovatsiyalarni joriy etish – bu yangi madaniyat unsurlarining avvalgi
          munosabatlar  madaniyatining o‘rnini egallab bori shidir. Shuning
          uchun  ham  ko‘pincha    innovatsiyalarni  amalga  oshi rishda  ko‘pincha

          tashkilot xodimlari bunday o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatadilar. Bunday
          qarshiliklar, ochiqdan-ochiq yoki yashirin ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
            O‘zgarishlarni amalga oshirishda insonlar  tavakkal qilishga maj-
          bur bo‘lishadi, bu esa ularning tabiatiga ziddir. Ushbu holatda xo-
          dimlarning xatti-harakatlari quyidagilar bilan izohlanadi:
            •  o‘zgarishlarning nomaʼlum oqibatlaridan qo‘rqish;
            •  barqarorlikni yo‘qotish borasida tashvishlanish;
            •  daromadning ehtimoliy pasayishidan xavotir qilish;
            •  o‘z maqomini yo‘qotishdan cho‘chish;

            •  tashkilotda ortiqcha bo‘lib qolish xavotirining ortishi;
            •  kelgusida o‘ziga yuklangan vazifani bajara olmasligi;
            •    yangi  ishni o‘rganishga  layoqatsizligi  yoki buni umuman
          istamasligi.

                                               333
   329   330   331   332   333   334   335   336   337   338   339