Page 330 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 330

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          eʼtirof  etish,  “ish-shaxsiy  hayot”  muvozanatini  taʼminlash,  bir
          muncha egiluvchan mehnat sharoitlaridan foydalanish imkoniyati,
          virtual ish makonlariga o‘tish (CO-working) va shu kabilarni kiriti-
          shimiz  mumkin.  1994-yildayoq  Ayzenk  innovatsiyalarni  yaratish
          uchun motivatsiya darajasi yuqori bo‘lishi lozimligi haqida fikrlar

          bildirilgan. U motivatsiyaga ishga sadoqat bilan yondashish
          va  ishga  butun  vujudi  bilan  sho‘ng‘ib  ketish  sifatida  qaraydi.
          Motivatsiya nazariyasida ichki va tashqi motivatsiya ham mavjud.
          Innovatsiyaga  moyil  bo‘lgan  insonlar  ichki  motivatsiyaning
          yuqori darajasi bilan ajralib turadilar. Mazkur holatlar Sorman va
          Koenning tadqiqotlari natijasida ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ular
          moddiy rag‘batlantirish kabi tashqi stimullar intellektual o‘zgarish
          va  innovatsiyalarga  bo‘lgan  intilish  kabi  ichki  motivatsiyaning
          baʼzi jihatlari kabi unchalik muhim emas, degan xulosaga kelishdi.

          McKinsey  kompaniyasi  tomonidan  o‘tkazilgan  tadqiqotlar  turli
          rag‘batlantiruvchi  omillarning  xodimlar  uchun  qay  darajada
          muhimligini aniqlash imkonini berdi. Xodimlar, eng avvalo, nimani
          maʼqul ko‘rishlari qu yidagi ketma-ketlik ko‘rinishini oldi:
            1. Qiziqarli, ilhomlantiruvchi, barcha xatti-harakatlarni jamlashni
          talab qiluvchi ish.
            2. Yaxshi boshqaruv, yorqin rahbarlar, natijalarga qaratilgan

          madaniyat, ochiqlik va ishonch muhiti.
            3. Mehnatga haq to‘lash, ularning shaxsiy hissasini eʼtirof etish.
            4. Ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordamlashish.
            5. Shaxsiy hayot va ishni uyg‘unlashtirish imkoniyati.
            Axborot  texnologiyalari  bo‘yicha  “Information  Week”  jurnali
          maʼlumotlari asosida Richard Florida tomonidan o‘tkazilgan ko‘p yillik
          tadqiqotlar: natijasida, xuddi yuqorida keltirilganidek, informatsion
          texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar
          quyidagi  rag‘batlantiruvchi  omillarni  aniqlashtirish  imkoniyati

          paydo bo‘ldi:
            1. Qiziqarli va masʼuliyatli ish (jarayonga hissa qo‘shish va taʼsir
          o‘tkazish, o‘z faoliyatingiz muhimligiga ishonch hosil qilish).
            2. Moslashuvchan ish sharoitlari (moslashuvchan jadval va erkin

                                               329
   325   326   327   328   329   330   331   332   333   334   335