Page 328 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 328

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          to‘liq bilish va tushunishni anglatadi. Masalan, Hindistonda anʼanalar
          biznes yuritishga singib ketgan va madaniyat to‘liq tushunilmaganda,
          ikki tomonlama munosabatlarga taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Shunday
          ekan,  taklif  etilayotgan  bo‘lim  funksiyalaridan  biri  korxona  xo-
          dimlariga  sherik-mamlakatlar  vakillarining  madaniyati  va  fikr

          yuritish tarzini tanishtirish bo‘lishi kerak.
            Miyaga rivojlanish zarurligini unutmaylik. Agar uni yangi bilimlar
          bilan oziqlantirmasak, u kuchdan qola boshlaydi. Bu esa kompaniyaga
          ham, xodimlarning o‘ziga ham zarardir.


                  2. “Research and Development” sohasida yetakchi
                   xorijiy universitetlar bilan aloqalarni o‘rnatish.
            Innovatsion mahsulot ishlab chiqarishda kompaniya faqat o‘z ichki
          tadqiqotlariga tayana olmaydi. Yevropa va AQSh universitetlari keng

          ko‘lamda izlanishlar olib boradilar va ilm-fan hamda texnologiyalar
          sohasidagi  so‘nggi  yutuqlardan  foydalanadilar.  Bu  universitetlar
          tadqiqotchi-olimlari  va  hatto  talabalari  ham  mahsulot  sifatini
          takomillashtirish tajribasi, shuningdek, muammolarni hal etishning
          yangi ilmiy yondashuvlari bilan o‘rtoqlashishlari mumkin. Yaqqol
          misol  –  “Hyperloop  One”  kompaniyasi.  Yuqori  tezlikdagi  poyezd
          kapsulasi talabalar tomonidan yaratilgan.



                3. Menejment va mutaxassislar o‘rtasidagi lavozimlar
                                  masofasini qisqartirish.
            Muloqot – g‘oyalar ishlab chiqishning bosh belgisidir. Fikrimcha,
          kompaniyalar  menejerlari  personal  bilan  ochiq  muloqot  muhitini
          yaratishlari  kerak.  Axir  hozirda  mavjud  “boshliq-xizmatchi”
          konsepsiyasi  faqat  bir  tomon  g‘oyalar  berishi,  boshqa  tomon
          ularni baja rishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ochiq dialog esa, boshqaruv
          personaliga muammoga turli tomonlardan nazar solish va mulohazali

          qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bunday boshqaruvga “SpaceX”
          misol  bo‘la  oladi.  Hammaga  mashhur  CEO  Ilon  Maskni  qo‘lida
          tornavida bilan, muhandislar ko‘magida yangi raketa detallarini
          yig‘ish ustida uchratish mumkin.

                                               327
   323   324   325   326   327   328   329   330   331   332   333