Page 332 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 332

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            HR-menejmentning zamonaviy nazariyasi va amaliyotida perso nalni
          rag‘batlantirish ishga jalb qilinganlik tushunchasi, yaʼni insonlarni
          to‘la qaytim bilan ishga undovchi mental holat bilan ifo dalana boshlandi.
          Insonning  mehnatga  jalb  qilinganligini  quyidagi  uchta  ko‘rsatkich
          bilan baholashimiz mumkin: ishdan qoniqish hosil qilish, tashab-

          buslarni qo‘llab-quvvatlash va sovuqqonlik. Bundan tashqari xodim-
          larning ishga jalb qilinganlik darajasiga umumiy ishga qo‘shilgan xo-
          dimning hissasi va xizmatlari, xodimning jamoadagi o‘rnini qayd etish,
          tashkiliy jarayonlar, ish beruvchining obro‘-eʼtibori kabi omillar ham
          taʼsir ko‘rsatadi. Mehnat mahsuldorligi ko‘rsatkichi personalning ishga
          jalb  qilinganlik  darajasini  baholashning  integrallashgan  ko‘rsatkichi
          hisoblanadi. Innovatsion yo‘naltirilgan personalni rag‘batlantirishning
          yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatla rini kompaniyalar tomonidan xodim-
          lar uchun qiymat takliflarini ishlab chiqishda hisobga olinishi lozim.



                           Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
            Bugungi kunga kelib, tashkilotlarning muvaffaqiyatga erishishida
          xodimlar hal qiluvchi o‘rin tutishi borasida yaxlit qarash shakllandi.
            Biznes yuritishning asosini tashkilot tashkil qilgani holda,
          uning  samarali  faoliyat  yuritishi  yoki  faoliyatini  to‘xtatishi  ko‘p
          jihatdan xodimlarning kasbiy ko‘nikmalari va malakasiga bog‘liqdir.

          Texnik va texnologik taraqqiyot natijasida jismoniy mehnat to‘liq
          avtomatlashishi mumkin bo‘lsa-da, ammo insonning o‘ziga resursi
          sifatida  bilimlarning  o‘rni  va  ahamiyatini  almashtirishning  imkoni
          yo‘q.  Bilimlar  to‘g‘risidagi  maʼlumotlarni  kitoblardan  topsak-da,
          ularni muayyan faoliyat sohasida qo‘llash orqaligina  tom maʼnodagi
          bilimlarga aylantirishimiz mumkin.
            Hozirgi vaqtda inson salohiyati milliy boylikning asosiy tarkibiy
          qismi va iqtisodiy o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida
          tan  olinadi.  Ilmiy-texnik  taraqqiyotning  surʼati,  mehnatni  tashkil

          etish  va  madaniyati,  unumdorligi  uning  sifatiga  bog‘liq.  Yuqori
          mahsuldorlik birgina texnika va asbob-uskunalarga bog‘liq bo‘libgina
          qolmasdan, xodimlarning kasbiy ko‘nikma va tajribalari ham bunda
          muhim o‘rin tutadi.

                                               331
   327   328   329   330   331   332   333   334   335   336   337