Page 337 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 337
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
hali mavjud bo‘lmagan muhitning kelgusida qay tarzda va tartibda
bo‘lishini faraz qilish lozim bo‘ladi. Kelgusida yuz berishi mumkin
bo‘lgan vaziyatlarda korxona va tashkilotlarning qay tarzda yo‘l
tutishi lozimligi haqidagi tasavvur va qarashlarni shakllantirish
innovatsion o‘qitishning asosini tashkil qiladi.
AMALIY TOPSHIRIQLAR
Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Qaysi omillar innovatsion biznesda inson resurslarining
samaradorligini belgilab beradi?
2. Innovatsion kompaniya korporativ madaniyatining xususiyatlari
nimalardan iborat?
3. Innovatsion kompaniyaning korporativ madaniyati uchun qaysi
qadriyatlar xos?
4. Innovatsion biznesning o‘ziga xosligi kompaniyaning missiyasi
va shiorini shakllantirishda qay tarzda namoyon bo‘ladi?
5. O‘z innovatsion biznesini yo‘lga qo‘yuvchi tadbirkor qanday
vakolatlarga ega bo‘lishi lozim?
6. Innovatsion biznesda xodimlar qaysi mezonlar bo‘yicha saralab
olinishi kerak?
7. Innovatsion kompaniyalarda personalni baholash tizimi qay
tarzda barpo etilishi kerak?
8. Innovatsiyalarni yaratuvchi va ularni tijoratlashtiruvchi
xodimlarni rag‘batlantirish va ularda ishtiyoq uyg‘otishning o‘ziga
xosligi nimalardan iborat?
1-topshiriq.
Quyidagi chizmada O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va tajriba-kons-
truktorlik ishlari bilan band bo‘lganlar soni keltirilgan. Chizma
maʼlumotlari va boshqa ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda
O‘zbekistonda ilmiy kadarlarni tayyorlash borasidagi vaziyat
yuzasidan tahliliy maʼlumotlar tayyorlang.
336