Page 336 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 336

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Ixtirochilar  ishini  tashkil  etish  va  rag‘batlantirishda  huquqiy,
          mo liyaviy, tashkiliy va boshqa sohalarning keng doirasini qamrab
          ola digan  maxsus  siyosat  ishlab  chiqiladi  va  kompaniyalarda
          ilmiy-texnik va isteʼmolchilar faoliyatini rivojlantirishga yordam
          beradigan  rag‘batlantiruvchi  keng  ko‘lamli  chora-tadbirlar

          qo‘llaniladi.
            Bugungi kun uchun ilmiy-texnik inqilob taʼsiri bilan  bog‘liq
          bo‘lgan  mehnat  resurslarini  takror  ishlab  chiqarishning
          uzoq  jarayoni  xosdir.  Boshqa  tomondan,  ishlab  chiqaruvchi
          kuchlarning  moddiy  unsurlarini  takror  ishlab  chiqarish  davri
          qisqaradi, bu o‘z navbatida bilimlar ko‘lamining  sezilarli darajada
          oshishi  bilan  bog‘liqdir.  Jahon  amaliyotida  yangi  bilimlarning
          paydo bo‘lishi va uni amalda tatbiq etish o‘rtasidagi davr ham
          keskin  qisqarganligini  ko‘rishimiz  mumkin.  Ishlab  chiqaruvchi

          kuchlarning  turli  unsurlarini  takror  ishlab  chiqarish  davri
          davomiyligidagi bu qarama-qarshi tendensiyalar ziddiyatlarni
          keltirib  chiqaradi  va  maʼlum  darajada  iqtisodiy  rivojlanishga
          to‘sqinlik qiladi.
            O‘qitishning “saqlab qolishga asoslangan” va “innovatsion” turlari
          farqlanadi.
            “Saqlab qolishga asoslangan”  o‘qitish  –  bu  maʼlum  va

          takrorlanadigan        vaziyatlarda       harakat      qilish    maqsadida
          shakllangan qarash, usul va qoidalarni o‘zlashtirishdir. Ushbu
          turdagi  o‘qitish  har  qanday  jamiyatda  faoliyat  ko‘rsatish  va
          barqarorlikni  saqlashning  ajralmas  sharti  hisoblanadi.  Faoliyat
          ko‘rsatayotgan  ko‘pgina  tashkilotlarda  qo‘llab-quvvatlovchi
          o‘qitish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va tashkilot tuzilmasiga kiritilgan.
          Bunda  bugungi  kundagi  faoliyat  o‘tgan  davrlardagi  natijalar
          bilan solishtiriladi. Tegishli tuzatishlar kiritish bilan bog‘liq
          choralar  tashkilotning  yangi  imkoniyatlari  va  afzalliklaridan

          foydalanishga  emas,  balki  vujudga  kelgan  nomutanosibliklarni
          bartaraf etishga qaratiladi.
            “Innovatsion o‘qitish”  tashkilotni yangi sharoitlarda ishlashga
          tayyorlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga,

                                               335
   331   332   333   334   335   336   337   338   339   340   341