Page 331 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 331
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ishchi muhit, muayyan darajada mehnat sharoitlarini o‘zi belgilay
olish imkoniyatlari).
3. Barqaror ishchi muhit va nisbatan kafolatlangan bandlik.
4. To‘lov (ish haqi va asosiy imtiyozlar).
5. Malaka oshirish (yangi ko‘nikmalarni egallash va professional
maʼnoda o‘sish imkoniyati).
6. Hamkasblar tomonidan tan olinish (soha mutaxassislari orasida
hurmat va eʼtibor qozonish imkoniyati).
7. Qo‘llab-quvvatlovchi jamoa rag‘batlantirish (ijodkor hamkasblar
jamoasi, yetakchining roli).
8. Qiziqarli mazmunga ega bo‘lgan ish (innovatsion yoki qiziqarli
intellektual muammolarni keltirib chiqaradigan loyihalar va
texnologiyalar bo‘yicha ishlash istiqbollari).
Shunday qilib, mamlakatimiz sharoitida mehnatga haq to‘lash
darajasi rivojlangan mamlakatlar darajasidan ancha orqada qolayotgan
bo‘lsada, moddiy rag‘batlantirish omili birinchi o‘rinda turmaydi,
degan xulosaga kelish mumkin. Motivatsiya puldan farqli o‘laroq,
tobora ko‘proq insoniy qadriyatlarga asoslanib bormoqda. Odamlar
qiziqarli murakkab vazifalarni bajarishni, rivojlanish va o‘rganish
imkoniga ega bo‘lishni, o‘zlarining erishgan yutuqlarini tan olishni
istashadi, muhim motivatsion omillar orasida maʼnaviy qadriyatlar
tobora muhim ahamiyat kasb etib boradi. Ushbu holat innovatsion
biznesda rag‘batlantiruvchi tizimlarni barpo etishda va ayniqsa, endi
oyoqqa turayotgan va moliyaviy resurslar borasida tanqislikka duch
keluvchi start-uplar faoliyatida juda muhimdir. Innovatsionlik va ichki
ijodiy imkoniyatlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun ichki motivlarni
amalga oshirish borasida tegishli shart-sharoitlarni yaratgan holda
“iqtidorlilarni” jalb qilishimiz va ushlab qolishimiz mumkin.
Moddiy rag‘batlantirish tashkil etish tamoyillari haqida gapirar
ekanmiz, har qanday innovatsion yo‘naltirilgan kompaniya ijodiy
va kreativ ishni mehnat sig‘imliligi, vaqt va sifat ko‘rsatkichlari
bo‘yicha baholash va meʼyorlashtirish har qancha qiyin bo‘lsada, har
bir xo dimning yakuniy natijaga qo‘shgan ulushini hisobga oluvchi
rag‘batlantirish tizimini yaratishga harakat qilmog‘i lozim.
330