Page 335 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 335

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Yangiliklarga to‘sqinlik qiluvchi yana bir qator omillarni keltirib
             o‘tishimiz mumkin:
                •  quyi bo‘g‘inlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan ilgari
             surilgan g‘oyalarga rahbarlarning ishonchsizlik bilan qarashi;
                •  yangi g‘oyalarni amalga oshirishda jarayonning haddan tashqari

             murakkablashtirib yuborilganligi;
                • innovatsion takliflarni baholashda boshqa bo‘limlarning arala-
             shuvi;
                •  yo‘l  qo‘yilgan  xatolar  tufayli  keskin  tanqid  qilish  va  ishdan
             bo‘shatish tahdidi;
                •  innovatorning har bir qadamini nazorat qilish;
                •  innovatsion takliflar  bo‘yicha yashirincha qarorlar qabul qilish;
                •  quyi bo‘g‘in rahbarlariga tahdidli ko‘rsatmalar berish;
                •  yuqori bo‘g‘in rahbarlarida  “hamma narsani biladigan mutaxassis

             sindromi” ning paydo bo‘lishi.
                Xodimlarning  qarshilik  darajasini  pasaytirish  uchun  tashkilot
             ichida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar borasida alohida moslashuvchan
             madaniyatni yaratish talab etiladi. Ushbu madaniyatning o‘ziga xos
             xususiyati innovatsion tashkilotlarga xos bo‘lgan xodimlarning
             innovatsiyalarga doimiy eʼtibor qaratishida ko‘zga tashlanadi.
                Tashkilotlarda  innovatsion  faoliyatni  kuchaytirish  va  o‘z

             xodimlarining zarur o‘zgarishlarga qarshiligini yengish borasida turli
             xil rag‘batlantiruvchi choralar qo‘llaniladi:
                •  tashkilotlar rahbariyatining eʼtiborini innovatorlarning taklifla-
             riga qaratish;
                •  taklif, ixtiro va ishlanmalarning mualliflarini moddiy va maʼnaviy
             rag‘batlantirish;
                •  yangiliklarni  yaratishda  zarur  shart-sharoitlar,  shu  jumladan
             harakat erkinligini taʼminlash;
                •  kompaniya  ichida  ham,  tashqarisida  ham  hamkasblar  bilan

             samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish;
                •  innovatorlar va ishlab chiquvchilarning tashkilot rivojiga qo‘sh-
             gan hissalarini tan olish;
                •  mansab bo‘yicha o‘sish va hokazo.

                                                  334
   330   331   332   333   334   335   336   337   338   339   340