Page 333 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 333

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Ishlab chiqarishning subyektiv omili sifatida maydonga chiquvchi
             mehnat resurslari  o‘zida insonning  jismoniy va aqliy qobiliyatlari,
             uning mehnat qobiliyatlari majmuini ifoda etadi.
                Mehnat resurslarining  sifati:
                •  mehnatning ishlab chiqarish kuchida namoyon bo‘ladi va xo-

             dimni o‘qitish va uni xodim sifatida shakllantirish uchun sarflangan
             vaqt bilan belgilanadi;
                •  umumiy taʼlim, kasbiy bilim va ko‘nikmalar darajasi, mutaxassislik
             bo‘yicha ishlash muddati va shartlarini aks ettiradi;
                •  xodimning madaniyati va intellektual salohiyati, qadriyatlar
             tizimi,  axloqiy-maʼnaviy  fazilatlar,  fuqarolik  faolligi  va  shu  kabi
             shakllangan ijtimoiy jihatlar bilan o‘lchanadi.
                Yuqoridagi keltirib o‘tilgan shaxsiy fazilatlar har qanday faoliyat
             turida, shu jumladan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish

             jarayonida ham namoyon bo‘ladi.
                Personalni boshqarish jarayonida mutaxassis va rahbar xodimlar-
             ning  quyidagi  sifat  jihatlarini    baholash  va  ulardan  foydalanishga
             katta ahamiyat beriladi:
                •  ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj layoqat;
                •  tadbirkorlik;
                •  jamoada ishlash qobiliyati;

                •  potensial rivojlanish imkoniyatlari;
                •  maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuklik va boshqalar.
                Hozirgi vaqtda innovatsiyalarni yaratish  bilan bog‘liq hodisa va
             jarayonlarni  “ixtiro  va  kashfiyotchilik  industriyasi”  sifatida  baho-
             lashimiz  mumkin.  Zero,    har  bir  yangilik  o‘ziga  xos  va  mutlaq
             individual ijodiy jarayonning natijasini ifoda etsa ham.
                “Ixtiro  va  kashfiyotchilik  industriyasi”  ning  rivojlanishi  katta
             insoniy va moddiy resurslarni talab qiladi. Yangi mahsulotni yaratish
             va  sotish  uchun  tashkilot  doirasida    ilmiy,  dizayn,  texnologik,

             marketing va shu kabi bo‘linmalarning mavjud bo‘lishi talab etiladi.
             Zamonaviy  bozorning  yangi  mahsulotlarning  sifati  va  taqdimoti
             borasida  talablari  juda  yuqori  bo‘lib,  uning  muvaffaqiyati  turli  xil
             bilimlardan foydalanish bilan taʼminlanadi. Shu sababli ham yangi

                                                  332
   328   329   330   331   332   333   334   335   336   337   338