Page 322 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 322

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          bos qichda amalga oshadi. Hayotiylik siklining dastlabki (start-
          up)  bosqichida  uni  tadbirkor-biznes  asoschisi  belgilaydi.  Agar
          tadbirkorning shaxsiy jihatlari va qadriyat yo‘nalishlari innovatsion
          tadbirkorning  o‘lchamlariga  muvofiq  kelmas  ekan,  u  innovatsion
          tipdagi tashkiliy madaniyatni shakllantira olmaydi. Ushbu jarayonda
          yetakchining  roli  o‘ta  muhim  hisoblanadi  –  biznesning  rivojlanib

          borishi asnosida u xuddi “yadroviy zanjir reaksiyasi”ni ishga tushirib,
          borgan sari ko‘proq insonlarni jarayonga jalb qiladi. Insonlar mazkur
          jarayonga  chuqurroq  kirib  borganlari  sari,  o‘zlari  uchun  ushbu
          muhitni “tabiiy yashash muhiti” sifatida qabul qiladilar.
            Agar xodimlar uchun ushbu muhit har tomonlama qulay bo‘lsa,
          ular nafaqat innovatsion madaniyatning asosiy tamoyillarini qo‘llab-
          quvvatlaydilar, balki tashqi muhitning tobora kuchayib borayotgan
          “turbulentlik”  muammolariga  javob  bera  borib,  uni  yanada
          rivojlantirishga  o‘zlarining  munosib  hissalarini  qo‘shadilar.  Geri
          Xemel tomonidan berilgan zamonaviy kompaniya muhitining mazkur

          tavsifi  zamonaviy  dunyoda  mavjud  bo‘lgan  iqtisodiy,  siyosiy  va
          ijtimoiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq aks ettiradi. Yangi
          g‘oyalarni izlab topish, ularni o‘zlashtirish va joriy etishni tobora
          faollashtirish  asnosida  innovatsion  korporativ  madaniyatni  o‘zlari
          uchun bosh mezon sifatida qabul qilgan kompaniyalargina, yangicha
          sharoitlarda  yashab  qolishlari  va  o‘z  faoliyatlarini  kengaytirishlari
          mumkin.
            Yuqorida  keltirilgan  maʼlumotlardan  innovatsion  kompaniya

          tashkiliy  madaniyatining  asosiy  farqlovchi  belgilari  to‘g‘risida
          xulosa yasashimiz mumkin. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, innovatsion
          kompaniyalar  barcha  ko‘rsatkichlar  (faqat  nizolilikdan  tashqari)
          ayniqsa, tavakkal qilishga tayyorlik, qo‘llab-quvvatlash, muloqot
          jarayonidagi ixtiyoriylik va yumor ko‘rsatkichlari bo‘yicha anʼanaviy
          kompaniyalardan ustun turadi.
            Kompaniya  faoliyat  ko‘rsatishining  falsafasini  aks  ettiruvchi
          kompaniya  missiyasini shakllantirish asosini qadriyatlar tashkil
          etadi.  Kompaniya  missiyasini  ishlab  chiqish  bilan  bir  qatorda,  o‘ta
          qisqacha  ko‘rinishda  asosiy  qadriyatni  aks  ettiruvchi  kompaniya


                                               321
   317   318   319   320   321   322   323   324   325   326   327