Page 320 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 320
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ishonch ga sazovor bo‘lish kabi muhim xususiyatlarni ajratib oli-
shimiz kerak. Optimizm kompaniyada xodimlar kelajakka ishonch
bilan qaraydigan, yetakchiga ergashadigan dinamik va quvnoq muhit
yaratilishini taʼminlaydi. Agar insonlar yangi g‘oyalarni yaratib,
dunyoni yanada yaxshiroq qila olishlariga ishonsalar, ularda tajriba
qi lish istagi tobora ortib boraveradi.
Innovatsion kompaniyalarning o‘ziga xos jihatlarini o‘rgangan
ko‘pgina tadqiqotchilar innovatsion madaniyatning asosiy tarkibiy
qismi sifatida xatolikka yo‘l qo‘yishdan cho‘chimaslikni ajratib
ko‘rsatadilar. Innovatsiyalar tajribalar o‘tkazishni taqozo qiladi va
bu odatda tavakkalchilik bilan bog‘liq sanaladi, zero hamma tajriba
ham muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Biznes olamida muvaffaqiyatga
erishgan kompaniyalarning menejerlari: “Biz tezroq muvaffaqiyatga
erishish sirlarini o‘rganishimiz uchun, tez-tez xatoga yo‘l qo‘yib
turishimiz kerak”, degan fikrni ko‘p takrorlaydilar. Agar kompaniya-
da qaror topgan qadriyatlar xodimlarning xatoga yo‘l qo‘yishini
maʼqullamas ekan, insonlar muvaffaqiyatsiz chiqqan tajriba uchun
jazola nishlaridan cho‘chib, tajriba qilishga umuman qo‘l urmaydilar.
Ko‘plab taniqli kompaniyalar o‘z ishchilarining xato qilish la-
riga maʼlum maʼnoda yo‘l qo‘yib beruvchi va ularda xato qilishdan
cho‘chimaslik hissini shakllantirishga qaratilgan madaniyatni yara-
tishga harakat qiladilar.
Misol uchun, “Microsoft” kompaniyasida “agar xodim xatoga yo‘l
qo‘ymasa, demak u yetarlicha tavakkalchilikka qo‘l urmayapti” – deb
hisoblashadi. “Google” kompaniyasida xuddi shunday tamoyillarga
rioya qilinadi va xatolar innovatsiyalarning paydo bo‘lishiga sabab
bo‘luvchi muhim omil sifatida baholanadi. Amazon.com asoschisi
Jeff Bezos agar bizning rahbarlarimiz xato qilmayotgan ekanlar, “biz
biror marta ham tavakkalchilikka qo‘l urmaganmiz, demak aytish
mumkinki yomon ishlayapmiz”, deb taʼkidlaydi. Shunday qilib,
tavakkalchilik innovatsion yo‘naltirilgan kompaniya madaniyatining
zaruriy qadriyati hisoblanadi.
Innovatsion kompaniyaning yana bir muhim qadriyati – bu
ishonch dir. McKinsey tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra, so‘rovda ish-
319