Page 315 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 315
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Maʼlumki, innovatsiyalarga moyilligi kuchli bo‘lgan yoki boshqacha
qilib aytganda, innovatsion-yo‘naltirilgan insonlar ushbu sifatni
turli faoliyat sohalarida namoyon etadilar. Shu bois agar kompaniya
xodimlari o‘rtasida innovatsionlik mezonlari bo‘yicha tanlab olish
borasida maxsus tanlab olish usullari qo‘llanilmasa, innovatorlar ning
soni yuqoridagi kabi raqamni tashkil etishi tabiiy holdir. Lekin Pareto
qonuniga ko‘ra (20/80) mazkur faol resurs biznesning rivojlanishiga
juda katta taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Innovatsion tadbirkorlar,
innovatsiyalarni yaratuvchilar va innovatsion menejerlarga xos
bo‘lgan chuqur hayotiy manfaatlar, vakolatlar, kompetentlik va
jamoaviy o‘yindagi rollarni alohida ajratib olgan holda ularning
odatiy “portretlari” (modellari)ni ko‘rib chiqamiz. Turli tadqiqotlar
natijalarini tahlil qilish va tadbirkorlik tuzilmalarining vakillari
bilan muloqotlar natijasida innovatsion biznesning asosiy vakillari
to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz 8.1-jadvalda o‘z aksini topgan.
Mazkur insonlarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashtirish nima
uchun zarur? Bizning fikrimizcha, bu savolga javob o‘z-o‘zidan
maʼlum. Bunday axborotlarga ega bo‘lmasdan turib tashkiliy
madaniyatni shakllantirish, kompaniyani rivojlantirishning mos
innovatsion strategiyasini ishlab chiqish, kadrlar borasida strategiya
va texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xodimlarning
raqobatbardosh qiymat taklifi ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish kabi
vazifalarni hal etib bo‘lmaydi. Umuman olganda ular inson kapitalining
innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish va rivojlantirish borasida
biznes ichki muhitining qulayligini ifoda etadi.
Ushbu omillarni innovatsion biznesda inson resurslarining
samaradorligini belgilab beruvchi omillarning ikkinchi guruhiga
kiritamiz (8.1-rasm).
8.3. Inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishning
asoslari va shart-sharoitlari
Tashkiliy madaniyat. Bir kompaniyada autsayderga aylangan
xodim, ikkinchi bir kompaniyaga o‘tganidan so‘ng, uning mazkur
kompaniya uchun bebaho xodimga aylanganligi borasida biznes
314