Page 312 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 312
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
rahbarlar, mutaxassislarga ajratish amaliyotidan voz kechgan holda
personalni ularning faoliyatida innovativlik qay darajada muhim
ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan holda ikkita katta guruhga
ajratamiz. Yuqorida qayd etilganidek, innovativlik yangi g‘oyalarni
amalga oshi rish zarurati tug‘ilganda insonning uni qabul qila olish
qobiliyatini ifoda etadi. Bu qobiliyat ko‘pincha insonning xulq-
atvorida namoyon bo‘ladi. Personalning birinchi guruhi innovativlik
ular uchun asosiy vakolat bo‘lgan xodimlarni birlashtiradi.
Ushbu guruhga xodimlarning ikki toifasi kiradi. Eng avvalo, ular
ixtisoslashgan innovatsion birliklar va jamoalar – innovatsiyalarni
yaratuvchi va kompaniyaning insoniy innovatsion kapitalni o‘zida
mujassamlashtirgan ixtisoslashgan inno vatsion bo‘linmalar va
jamoalarning xodimlaridir. Texnologik kompaniyalarda bunday xodimlar
sirasiga ilmiy-texnik mahsulotlar va yangi texnologiyalarni ishlab
chiquvchi olimlar, muhandis-konstruktorlar va texnologlar kirsa IT-
kompaniyalarda esa – yangi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar
kiradilar. Reklama biznesida – yangi reklama mahsulotlarini va
mahsulot/xizmatlarni bozorga olib chiqish texnologiyalarini ishlab
chiquvchilar birinchi guruh personali tarkibiga kiritiladi. Konsalting
xizmatlari sohasida bunday xodimlar toifasi ni obyektlarni o‘rganish va
tahlil qilish, personalni rivojlantirish va o‘qitishning yangi usullarini
kashf qilganlar tashkil etadi. Faoliyatning har qanday sohasida ham
innovatsion mahsulot va xizmatlar o‘ziga xos bir-biridan tubdan farq
qiluvchi jihat va ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, yangiliklarni
yaratish jarayonlarini boshqarish va yangiliklarni g‘oyadan tijoriy
natija tomon harakatlanishini taʼmin etuvchi menejer-novatorlar
ham birinchi guruhga kiritiladi. Innovatsion korporativ madaniyatni
shakllantirish va uni qo‘llab-quvvatlash, menejer-novatorlarga
ko‘p jihatdan bog‘liq. Menejer-novatorlarning vakolatiga noaniqlik,
moliyaviy va tadbirkorlik tavakkalchiligining yuqori darajasida qarorlar
qabul qilish, innovatsion faoliyatni boshqarishda tashkiliy va ruhiy
qiyinchiliklarni yengib o‘ta olish kabilar kiradi.
Ikkinchi guruh asosiy majburiyati innovatsion faoliyatni
meʼyorida amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni
311