Page 317 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 317
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
– fikrlash ombori (qabul qilish, fikrlash va muloqot tilini aniqlovchi
tizimlar);
– asosiy ramzlar (korxona to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon
beruvchi turli ramzlar) va boshqalar.
Tashkiliy madaniyatni talqin etish borasida xilma-xil fikrlar ning
mavjudligi, ushbu hodisaning favqulodda murakkab va serqirra
ekanligini ko‘rsatadi. Biroq ushbu jarayon uchun xos bo‘lgan eng mu-
him jihatlarni ajratib olgan holda, tashkiliy madaniyatga taʼrif be-
rishga harakat qilsak, bizning fikrimizcha, unga berilgan quyidagi
taʼrif to‘g‘ri bo‘ladi: Tashkiliy madaniyat – bu tashkilot aʼzolari
tomonidan qabul qilingan, ularning ichki korporativ munosabatlari
va tashqi muhit sub yektlari bilan o‘zaro aloqalarini tartibga soluvchi
xulq-atvor qoidalari, meʼyorlari va shuningdek, tashkilotda qaror
topgan qadriyatlar tizimidir. Qadriyatlar va yo‘nalishlar tizimi
tashkiliy madaniyatning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy unsuri
hisoblanadi. Bu borada ko‘plab tadqiqotchilar, menejerlar va muta-
xassislarning fikrlari bir joydan chiqadi. Ushbu vaziyatda qadriyatlar-
ning o‘zi jarayon, hodisa, predmet, ideal sifatida talqin etiladi, yaʼni
mazkur tushuncha amalda cheksiz kengayib boradi.
Qadriyatlar (qadriyatlar yo‘nalishi) umuminsoniy muammolarni
hal etish chog‘ida inson faoliyati va tafakkurining turli-tuman
motivlariga qatʼiy yo‘nalish va barqarorlik beruvchi, muayyan tarzda
guruhlashtirilgan murakkab tamoyillarni o‘zida ifoda etadi. Bunday
talqin tashkiliy madaniyat qadriyatlarini, uning asosiy asosiy tamo-
yillari sifatida belgilab olish imkonini beradi. U tashkiliy mada-
niyatga ishonchlilik, yaxlitlilik va maqsadga yo‘naltirilganlik tavsifini
beradi. Shuning uchun ham har bir tashkiliy madaniyat turi (klan,
ierarxik, bozor, adxokratik) uchun qadriyatlar yo‘nalishining o‘ziga
xos to‘plami xosdir.
Tadqiqotlarimizning asosiy maqsadi – bu innovatsion biznes
hisoblanadi. Shuning uchun ham, kompaniyaning barcha qadriyat
yo‘nalishlari ustida batafsil to‘xtalmasdan, innovatsion yo‘naltirilgan
kompaniyaning tashkiliy madaniyatini ajratib ko‘rsatuvchi, yaʼni
316