Page 316 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 316

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          tarixida  juda  ham  misollar  ko‘p.  Maʼlumki,  barcha  ko‘rsatkichlar
          bo‘yicha  bir  xil  bo‘lgan  urug‘lar  tuproq  va  parvarishlash  shart-
          sharoitlariga  bog‘liq  holda  sifat  va  miqdor  ko‘rsatkichlari  turlicha
          bo‘lgan o‘simlik sifatida unib chiqadi. Shunga monand tarzda, inson
          uchun tashkiliy madaniyat uning “samarali” qobiliyatlarini ro‘yobga

          chiqaruvchi  yoki  yo‘qqa  chiqaruvchi  muhit  (tuproq)  hisoblanadi.
          Qachonki, so‘z kompaniyaning o‘ziga xos intellektual va novatorlik
          aktivlarini  ifoda  etuv chi  nostandart,  kreativ  va  ijodkor  insonlari
          haqida borar ekan, bu ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
            Mehnat unumdorligini o‘stirishning mavjud standart usullari va
          zaxiralari endilikda ish bermay qo‘ygan XX asrning ikkinchi yarmidan
          boshlab  tashkiliy  madaniyatga  alohida  eʼtibor  qaratila  boshlandi.
          Jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotida  yangi  iqtisodiyot-bilimlar
          iqtisodiyotining qaror topishi asnosida bu mavzu yanada dolzarb

          ahamiyat kasb eta boshladi.
            Bugungi kunda tobora shiddat bilan rivojlanayotgan ushbu jara-
          yonlar biznes-tuzilmalarning tashkiliy madaniyatida qay tarzda aks
          etadi, yangi davrning chaqiriqlariga javob bera olishi uchun u qanday
          o‘zgarishi  lozim?  Ushbu  savollarga  javob  berish  uchun,  tashkiliy
          madaniyatni  har  tomonlama  o‘rganish  asosida  tadqiqotchilar
          tomonidan ajratib ko‘rsatiladigan tashkiliy madaniyatning ayrim

          jihatlarini  qisqacha  ko‘rib  chiqamiz.  Tashkiliy  madaniyatni
          tavsiflashda tadqiqotchilar quyidagilarga eʼtibor qaratadilar:
            –  insonlarning  o‘zaro  munosabatlarida  kuzatiluvchi  xulq-atvor
          stereotiplari (anʼana va urf-odatlar);
            – madaniyat yoki  submadaniyatga  xos  bo‘lgan andozalar, guruh
          qoidalari;
            – eʼtirof etilgan qadriyatlar;
            – rasmiy falsafa (umum siyosiy va mafkuraviy tamoyillar);
            –  o‘yin  qoidalari  (tashkilotda  ishlash  davomida  talab  etiluvchi

          qoidalar va cheklovlar);
            – hissiy-ruhiy muhit (kompaniya aʼzolarining bir-birlari bilan yoki
          mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarida paydo bo‘ladigan hissiyotlar);
            – amaliy tajriba (uslublar va texnik usullar);

                                               315
   311   312   313   314   315   316   317   318   319   320   321