Page 307 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 307

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             optimal hisob-kitoblarni savdo yechimlarini topishning eng yaxshi
             va hatto yagona usuli sifatida ko‘radilar);
                – nazariyalarni ishlab chiqish va konseptual fikrlash (bunday
             insonlar  uchun  abstrakt  g‘oyalar  to‘g‘risida  fikrlash  va  so‘z  yuri-
             tish, nazariyalarni ishlab chiqishga moyillik, ilmiy-tadqiqot ishlarini

             amalga oshirish xos hisoblanadi. Ular uchun strategiyalarni asoslash
             ularni amalga oshirishga qaraganda bir qadar muhim sanaladi);
                –  ijodiy  yaratuvchanlik  (insonlar hali ko‘p jihatlari namoyon
             bo‘lmagan loyihalarni boshlashni yaxshi ko‘radilar, bunday insonlar
             boy tasavvurga va yangi g‘oyalarni yaratish layoqatiga egalar, yangi
             yondashuvlarni izlab topishni yoqtiradilar);
                –  o‘qitish  va  o‘rganish (insonlar o‘zga insonlarni o‘qitishni
             yoq tiradilar. Biznesda bu murabbiylik yoki ustozlikda namoyon
             bo‘ladi. Ular boshqalarga ularning o‘sishlari va kamolga yetishlarida

             ko‘maklashadilar,  jamoatchilik  ishlari  bilan  ixtiyoriy  tarzda
             shug‘ullanadilar);
                –  insonlar  va  munosabatlarni  boshqarish  (insonlar  yon-
             atrofdagilar  bilan  muloqotga  kirishishdan  zavq  oladilar.  Ular  o‘z
             hamkorlarining  o‘sishi  va  kamolotga  yetishishlaridan  manfaatdor
             bo‘lganlari  holda  bu  orqali  tashkilot  oldida  turgan  vazifalarni  hal
             etishga intiladilar);

                –  tashkilotchilik  faoliyati  va  tadbirkorlik  (insonlar  barcha
             narsalarni o‘z nazoratlarida ushlab turishga harakat qiladilar,
             hokimiyatga intiladilar va mustaqil qarorlar qabul qilishni xush
             ko‘radilar.  Ular  loyihalar  va  ishchi  guruhlarni  boshqarishni,  o‘z
             zimmalariga katta masʼuliyatni olishni yaxshi ko‘radilar);
                – axborot va til resurslaridan foydalanish orqali taʼsir ko‘r-
             satish  (insonlarga muzokaralar olib borish, o‘zaro muloqotga kiri-
             shish, boshqalarni ishontirish yoqadi).
                2. Muayyan kasbiy vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan shaxs
             sifatida.

                3. Fikrlash faoliyati, shaxsiy qadriyatlari, hissiy muloqot va
             tashkiliy ko‘nikmalarni ifodalovchi o‘ziga xos shaxsiy parame-
             trlari  (vakolatlari)  bo‘lgan  shaxs  sifatida. Inson qadriyatlari

                                                  306
   302   303   304   305   306   307   308   309   310   311   312