Page 304 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 304
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
chiqqan holda uni yangi mahsulot va texnologiyalar orqali amalga
oshirishga tayyor bo‘lgan insonlar hal qiluvchi o‘rin tutadilar.
Iqtidorli, liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan biznes odamlari mehnat
bozorida favqulodda qimmat va o‘ta kamyob hisoblanadilar. Shu
bois ham bugungi kunda, ayniqsa, innovatsion biznes sohasida
inson kapitalining yuqori samaradorligini taʼminlash kun tartibidagi
eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. Bu muammoni hal etish
iqtisodiyot, psixologiya, sotsiologiya va shu kabi ko‘plab fanlarning
o‘zaro integratsiyasini talab etadi. Mazkur muammo bilan
shug‘ullangan tadqiqotchilar orasida xorijlik mualliflar T. Batler,
J. Uoldrup, T. Braun, E. Sheyn, M. Belbin, R. Florida,
G. Xemel, K. Nordmtrem, P. Dru ker, D. Goulman, T. Bazarov, V. Maslov,
Y. Babayeva, Y. Kra sov skiy, E. Yasin, N. Lebedeva, E. Xramkova,
mahalliy mutaxassislar orasida esa X.P. Abulqosimov, A.V. Vahobov,
S. Chepel, T.T. Jo‘rayev, D. Tojiboyeva, A. O‘lmasov, A.V. Vahobov,
G. Saidova, T.M. Axmedov, E. Trushin, R.R. Xasanov, Sh. Yuldashev,
F.T. Egamberdiyevlarni alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.
Inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion biznesning
shakllanish va rivojlanish muammolari favqulodda ko‘p qirrali
hisoblanadi. Inson kapitali amalda bo‘lishi uchun u jamg‘arilishi,
maksimal qaytimni taʼminlaydigan shart-sharoitlarda doimo o‘sib
borish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Inson kapitalining
samarali faoliyat ko‘rsatishi, bu nafaqat korxonalar darajasidagi
vazifa, aksincha, mamlakatda ishchi kuchining miqdor va sifat
ko‘rsatkichlariga sezilarli darajada taʼsir ko‘rsatuvchi mezo va makro
darajadagi vazifa hamdir. Bitta mavzu doirasida ushbu muammoning
barcha jihatlarini ko‘rib chiqish mushkuldir. Shuning uchun biz ushbu
mavzuda insonning innovatsion biznesdagi ishining muvaffaqiyatini
taʼminlovchi asosiy omillar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Bu omillar
o‘zida biznes-jarayonlarning o‘ziga xos jihatlariga va belgilangan
maqsadlarga erishilishiga bevosita yoki bilvosita taʼsir ko‘rsatuvchi
ko‘plab kuchlar va subyektlarni ifoda etadi.
Biz o‘rganayotgan muammo obyektidan kelib chiqqan holda
omillarning uch darajasi (guruhi)ni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.
303