Page 303 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 303
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
IT Park va “DOMiNO Ventures” xalqaro venchur fondi o‘zaro
ang lashuv memorandumini imzoladilar.
Hamkorlik doirasida “DOMiNO Ventures” O‘zbekistonning
innovatsion ekotizimini o‘rganish va uning rivojlanishiga hissa qo‘shishni
rejalashtirmoqda. Jamg‘arma vakillari mahalliy texnologiya sektorining
salohiyatini va investitsiyalar uchun jozibadorligini taʼkidladilar.
Joriy yil oxirigacha fond kamida beshta o‘zbek texnologik start-upiga
sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Ular uchun loyihalarni ishlab chi-
qish dasturlari tashkil etiladi, shuningdek, xalqaro bozorlarga chiqishda
yordam beriladi.
“DOMiNO Ventures” bilan hamkorlik respublikada start-uplar uchun
yangi imkoniyatlar ochishi va IT sohasini rivojlantirishni rag‘batlanti-
rishi kutilmoqda. Texnopark memorandumni innovatsiyalar va venchur
moliyalashtirish sohalarida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish
yo‘lidagi qadam sifatida qayd etadi.
“DOMiNO Ventures” sakkiz mamlakatdan (Gollandiya, Estoniya,
Polsha, Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston va O‘zbekiston) 50
dan ortiq global va mahalliy sheriklar bilan ishlaydi. Jamg‘arma sunʼiy
intellekt, o‘yinlar va Web3 sohalaridagi loyihalarga eʼtibor qaratadi.
Faqatgina so‘nggi ikki chorakda fond Sharqiy Yevropa, G‘arbiy
va Markaziy Osiyodan 1000 ta start-updan arizalarni qabul qildi.
Jamg‘arma sheriklari orasida “Microsoft”, “ABS”, shuningdek, “Sabah.
Hub” va “Astana Hub” bor.
www.spot.uz
8.1. Innovatsion biznesda inson resurslarining
samaradorligini belgilovchi omillar
Bugungi kunda innovatsion biznesning qaror topishi va rivojlani shida
inson omilining muhim ahamiyat kasb etishi borasida inkor etuvchi
fikrlarni o‘rtaga tashlovchi insonni topish ancha mushkul. Investorga
past xarajatlar bilan yuqori daromadlar olinishini taʼmin etuvchi va tez
fursatlarda o‘zini qoplaydigan biznes-rejani taqdim etishimiz mumkin
bo‘lsa-da, biroq moliyaviy qarorlar qabul qilishda raqamlar emas, balki
biznes-g‘oyani yaratuvchi va tarkib topgan shart-sharoitlardan kelib
302