Page 306 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 306

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          jarayoniga eng faol taʼsir ko‘rsatadiganlarinigina qayd etib o‘tamiz.
          Bular, birinchi navbatda, quyidagilardir:
            – taʼlim tizimi;
            – sog‘liqni saqlash tizimi;
            – ijtimoiy-madaniy muhit;

            – davlatning innovatsion siyosati;
            – ilmiy-texnik omillar;
            – mehnat va fuqarolik huquqi;
            – mehnat bozori ahvoli va demografik holat.
            Bu omillar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu munosabat bi lan
          insonning innovatsion mahsuldorligini oshirish vazifasi faqat na  za-
          riy tadqiqotlar va biznes sohasida inson resurslarini boshqarish ama-
          liyotida kompleks yondashuvni qo‘llash orqali hal qilinishi mumkin.


                       8.2. Tashkilotda innovatsion jarayonning

                                    asosiy ishtirokchilari
            Yuqoridagi  chizmaga  muvofiq,  innovatsion  biznesda  inson
          resurslarining  samaradorligini  belgilovchi  omillar,  avvalambor,
          shaxsning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  hisoblanadi.  Buni  quyidagicha
          tasvirlash mumkin:
            1. Alohida subyekt sifatida insonga maʼlum bir chuqur hayotiy man-

          faatlar xosdir. T. Batler va J. Uoldruplarning fikricha, chuqur hayo-
          tiy manfaatlar “barqaror ruhiy ehtiyojlarga asoslangan qi zi qishlar”
          hisoblanadi.  Xodimning  hayotiy  manfaatlari  turini  aniqlash  uning
          salohiyatini to‘liq amalga oshirishga qodir bo‘lgan faoliyat doirasini
          aniqlash imkonini beradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra,
          T.  Batler  va  J.  Uoldruplar  chuqur  hayotiy  manfaatlarning  sakkizta
          turini ajratib ko‘rsatadilar:
            – texnologiyalardan foydalanish (insonlar jarayonlarning ichki
          qonuniyatlari  bilan  qiziqadilar,  ularga  texnologiyalardan  foydala-

          nishning samarali yo‘llarini izlab topish yoqadi. Bu xil xodimlar
          rejalashtirish,  ishlab  chiqarish  tizimlarini  o‘rganish  va  biznes-
          jarayon larni loyihalashtirishni afzal ko‘radilar);
            – miqdoriy tahlil (bunday chuqur hayotiy manfaatga ega insonlar

                                               305
   301   302   303   304   305   306   307   308   309   310   311