Page 298 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 298

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            2-topshiriq.
            Marketing  innovatsiyalariga  misollar  keltiring. “Innovatsiyalarni
          bozorga olib chiqish yo‘llari” mavzusida maʼruza tayyorlang.
            3-topshiriq.
            Mahalliy bozorda sotiladigan yoki sotilishi mumkin bo‘lgan

          innovatsion mahsulotni tanlang. Jadval maʼlumotlariga tayanib unga
          mos marketing majmuini tavsiflab bering.


             Tovar siyosati    Shartnoma     Taqsimlash siyosati     Kommunikatsiya
                                 siyosati                                siyosati
           Mahsulot dizayni; Narx siyosati;  Tarqatish kanallari;      Korxonaning
              mahsulotni       chegirmalar   marketing-logistika;    marketing tizimi
              qadoqlash;        tizimi va       savdo siyosati;         subyektlari
            mahsulot sifati;   ustamalar;      sotish vositalari;      bilan o‘zaro
             tovar belgisi      tovarlarni     isteʼmolchilar va     munosabatlarni
               siyosati;        yetkazib     bozorlarga nisbatan       tashkil etish;
             assortiment         berish       ishlab chiqaruvchi         reklama;
               siyosati;        va to‘lov         kuchlarni              sotishni
              kafolat va        shartlari;       joylashtirish       rag‘batlantirish;
           isteʼmolchilarga      kredit            siyosati;         to‘g‘ridan-to‘g‘ri
           xizmat ko‘rsatish     siyosati     taʼminot siyosati;         reklama;
                siyosati                     tayyor mahsulotlarni     shaxsiy sotish;
                                               saqlash siyosati     jamoatchilik bilan
                                                                         aloqalar

            Keys. Elektrosikllar

            “Sinclair C5” elektr transport vositalarini ommaviy ishlab chiqarish
          g‘oyasini amalda qo‘llashga qaratilgan birinchi urinish edi. Dunyoga
          mashhur ZX – Spectrumni taqdim etgan ser Sinklerning o‘zi orzusinu
          haqiqatga aylantirishga kirishdi. 1985 yil 10 yanvarda “Sinclair C5”
          jamoatchilikka taqdim etildi. C5 14 yoshdan 99 yoshgacha bo‘lgan
          odamlar  uchun  ommaviy  elektr  velosiped  sifatida  mo‘ljallangan
          edi. Reklama eng yaqin yo‘nalishlarda: ish, do‘kon, maktab, stadion
          bo‘ylab qulay sayohat qilish uchun arzon elektr transport vositasini
          sotib olishni taklif qildi.

            Ser Sinkler mahsulotni shlab chiqish va ishlab chiqarishni boshlash
          uchun 7 million funt sterling sarf qildi, ammo bu ish tijorat halokatiga
          aylandi.

                                               297
   293   294   295   296   297   298   299   300   301   302   303