Page 294 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 294
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
muammolari birinchi navbatda mijozlar tomonidan qabul qilinmas-
lik xavfi bilan bog‘liq. Bu har qanday kompaniya uchun odatiy
bo‘lishi mumkin, ammo bu ayniqsa innovatsion, yuqori texnologiyali
mahsulotlar bozori uchun dolzarbdir. Yuqori texnologiyali
mahsulotlar qu yidagi xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi:
• hayotiylik siklining qisqaligi;
• isteʼmolchilardan yangi bilim va ko‘nikmalarni talab qilishi;
• ishlab chiqish va qo‘llashda ijodiy yondashuv bilan tavsiflanishi;
• bozor chegaralarini aniqlashning qiyinligi;
• joriy qilish va moslashishdagi qiyinchiliklar;
• narxni shakllantirish borasidagi murakkabliklar.
Isteʼmolchilarni tegishli tartibda innovatsion mahsulotlarga ol din-
dan o‘rgatmay turib, mahsulotni bozorga olib chiqishning samarali
strategiyasini yaratmasdan turib, innovatsion mahsulotlarni bozorga
olib chiqishning muvaffaqiyatsizlikka uchrash ehtimoli juda yuqori
bo‘ladi. Innovatsion mahsulotlarning muvaffaqiyatga eri shishiga
qu yidagi omillar sabab bo‘ladi:
• isteʼmolchi nuqtai nazaridan raqobatchilarning mahsulotlariga
qaraganda ustunliklarga ega bo‘lishi;
• marketing sohasidagi nou-xau (isteʼmolchilarning reaksiyasini
bashoratlash sifati va potensial bozor hajmi);
• texnologik nou-xau.
Innovatsion mahsulotlar bozorining o‘ziga xos xususiyatlari
innovatsion marketingning farqli jihatlarini ko‘rsatib beradi:
• turli tarmoq bozorlarida potensial isteʼmolchilarni o‘rganish;
• innovatsion mahsulotlarni sotish uchun xaridorning “etilishi”
zarur, bu esa o‘z navbatida katta reklama xarajatlarini talab qiladi;
• innovatsion mahsulotlar mavjud o‘xshash mahsulotlarga nisbatan
isteʼmolchi uchun tushunarli bo‘lgan afzalliklarga ega bo‘lishi kerak;
• innovatsion mahsulotning texnik jihatdan murakkabligi
sotishdan keyingi xizmatni tashkil qilishni talab qiladi;
• innovatsion mahsulotlarning murakkabligi “yaxlit mahsulot”
deb nomlanuvchi mahsulotni shakllantirishni talab qiladi, bu erda
uning haqiqiy va potensial afzalliklari yaxlitlikda ko‘rib chiqiladi.
293