Page 289 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 289

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Hamkorlik  tarmog‘ini  yaratish.  Ushbu strategiya o‘zlarining
             aloqa  kanallaridan  foydalangan  holda  innovatsion  mahsulot  yoki
             xizmatni  ilgari  surishdan  manfaatdor  bo‘lgan  sherik  kompaniyalar
             tarmog‘ini  yaratishga  qaratilgan.  Ushbu  strategiya  kompaniyaning
             potensial mijozlari bilan yaqindan aloqada bo‘lgan kompaniyalar

             bilan  komission  to‘lovlar  darajasi  yetarlicha  katta  bo‘lgan  agentlik
             shartnomalari tuzish orqali amalga oshiriladi. Bunday strategiyalar
             tibbiyot,  axborot  va  internet-banking  sohalarida  muvaffaqiyatli
             ishlamoqda.
                Misol  uchun,  “Tinkoff  Kreditnoe  Sistemi”  banki  hamkorlik
             dasturlaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini rivojlantirib bormoqda.
             www.admitad.com sayti maʼlumotlariga ko‘ra, 2013 yil mart oyida bank
             o‘zi ning hamkorlariga har bir jalb qilingan mijoz uchun 800 rubl taklif
             qilgan .
                    31
                Kooperatsiya  va  kobrending  –  bu  bir  necha  kompaniyaning
             o‘z  mahsulotlarini  yoki  xizmatlarini  ilgari  surish  bo‘yicha  saʼy-
             harakatlarini birlashtirishga qaratilgan strategiya. Ushbu strategiya
             bevosita  raqobatchi  bo‘lmagan  va  bir  xil  mijozlarga  ega  bo‘lgan
             innovatsion  kompaniyalar  uchun  foydalidir.  Shu  bois,  ular  uchun
             o‘zaro raqobatlashish emas, balki birinchidan, mahsulot va xizmatlarni
             bozorga olib chiqish xarajatlarini qisqartirish va ikkinchidan, ushbu

             tuzilmaning bozordagi ulushini oshirish imkonini beruvchi hamkorlik
             aloqalarini kuchaytirish ko‘p jihatdan foydalidir.
                Misol uchun, “Apple” va “Nike” hamkorlikda sport bilan shug‘ulla-
             nadigan maqsadli auditoriya uchun o‘z mahsulotlarini (krossovkalar va
             “iPad”) ilgari surdilar. Hamkorlikda ishlangan reklamada o‘ta zamonaviy
             sport oyoq kiyimlarida pleyerda musiqa tinglab yugurayotgan odamning
             jozibador  qiyofasi  yaratildi.  Buning  evaziga  kompaniyalar  nafaqat
             xarajatlarni  tejashga  muvaffaq  bo‘lishdi,  balki  hamkor-bozorlardan
             yangi mijozlarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

                Misollardan  ko‘rinib  turibdiki,  ushbu  strategiyalar  kichik
             innovatsion korxonalar tomonidan ham, yirik biznes korxonalari
             tomonidan ham keng qo‘llaniladi.  Agar ilgari yirik kompaniyalar

             31  https://www.аdmitad.cоm/ru/webmaster/offers/183/
                                                  288
   284   285   286   287   288   289   290   291   292   293   294