Page 287 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 287

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                     7.6. Bozorga innovatsion mahsulotlar/xizmatlarni
                                     olib kirish strategiyalari
                Asosiy bozor ko‘rsatkichlarini tushunib etish joylashuvni aniqlash
             strategiyasini  tanlash  borasida  barcha  zaruriy  ishlar  amalga
             oshirilganidan so‘ng, innovatsion mahsulot yoki xizmatni bozorga

             olib chiquvchi firma rahbariyati mahsulot yoki xizmatni bozorga su-
             rish siyosatini strategik rejalashtirish haqida bosh qotirishlari lozim
             bo‘ladi. Bunday rejalashtirish quyidagi xatti-harakatlar bilan bog‘liq
             hisoblanadi:
                •  o‘ziga  xos  savdo  taklifi  va  maqsadli  auditoriyaga  taʼsir
             ko‘rsatishning asosiy tamoyillarini shakllantirish.
                • mahsulot yoki xizmatni bozorga surish borasida mavjud bo‘lgan
             eng samarali vositalarni saralab olish, ushbu vositalardan foydala-
             nish uchun zaruriy moliyaviy va vaqt resurslarini ajratish.

                O‘ziga xos noyob savdo taklifi, odatda bozorda joy egallash borasida
             tanlab olingan siyosatga asoslanadi. Biroq, maqsadli auditoriyaga
             eng samarali tarzda taʼsir ko‘rsatish uchun shakllantirilgan o‘ziga xos
             savdo taklifini turli axborot kanallaridan foydalangan holda samarali
             uzatish muhimdir. Buning uchun muayyan har bir savdo taklifi uchun
             samarali  bo‘lgan  reklama  maʼlumotlarini  tarqatish  strategiyasini
             tanlab olish lozim bo‘ladi. Bunday strategiyalar amalda juda ko‘p

             bo‘lib, muvaffaqiyatga erishgan va bugungi kunda mashhur bo‘lgan
             innovatsion kompaniyalarning tarixini o‘rgangan holda, bu boradagi
             strategiyalarning eng keng tarqalganlarini ajratib ko‘rsatishimiz
             mumkin:
                Virusli marketing – odamlarning o‘zlari va firmaning poten sial
             mijozlaridan  maʼlumotlarni  tarqatishning  asosiy  manbai  sifatida
             foydalanishni  ko‘zda  tutadi.  Mahsulot  yoki  xizmatni  bozorga
             surish  borasidagi  virusli  strategiyani  amalga  oshirish  uchun,
             kompaniya odatda o‘zining potensial isteʼmolchilari o‘z tanishlari va

             atrofidagilari bilan bo‘lishishi ko‘zda tutilgan axborot xabari yaratadi.
             Bu xabar videorolik, qiziqarli eslatma, tasvir va hattoki oddiy mish-
             mish shaklida bo‘lsa ham eng muhimi, u korxonaning mahsulot yoki
             xizmati  haqida  maʼlumotlarni  aks  ettirishi  lozim.  Misol  uchun,

                                                  286
   282   283   284   285   286   287   288   289   290   291   292