Page 282 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 282

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Aynan  ushbu  yondashuv  innovatsion  mahsulotlar  bozori  uchun
          mos  keladi.  “Qaymog‘ini  olish”  usulini  amalda  qo‘llash  quyidagi
          shartlarning bajarilishini talab qiladi:
            • potensial xaridorlar tomonidan bildirilayotgan yuqori darajadagi

          talab, masalan, agar innovatsiyalar bozor kutilmalariga to‘liq javob
          bersa (iPad);
            • mahsulot ishlab chiqarishning kichik hajmlarida mahsulot bir-
          ligiga  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  agar  yangi  mahsulot  asosini
          texnologik innovatsiyalar tashkil etsa, foyda olinishini kafolatlovchi
          narxlar belgilash imkonini beradi;
            • yuqori narx belgilanishiga qaramay boshqa ishlab chiqaruvchilar
          baʼzi bir holatlarda, masalan, mahsulot patent bilan himoyalangan

          bo‘lsa raqobatlasha olmaydilar;
            •  yuqori  narx,  ayniqsa  mahsulotlar  yangi  bo‘lsa,  yuqori  sifatli
          mahsulotlar obro‘-eʼtiborini qo‘llab-quvvatlaydi.
            Biroq kompaniyalar narx belgilash jarayonida talabning narxga
          nisbatan  sezgirligi  yoki  egiluvchanligi  darajasini  hisobga  olishlari
          kerak. Agar narxning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishi taʼsirida talab
          deyarli o‘zgarmasa, talab ushbu holatda noegiluvchan hisoblanadi.

          Agar narxning ozgina o‘zgarishlari talabning katta o‘zgarishiga olib
          kelsa,  u  holda  talab  hisoblanadi.  Quyidagi  holatlarda  talab  egiluv-
          chanligi bir muncha pastroq bo‘ladi:
            • mazkur mahsulotning o‘rinbosari yo‘q bo‘lsa yoki raqobatchilar
          umuman mavjud bo‘lmasa;
            • xaridorlar narxlarning oshishini darhol ilg‘amaydilar;
            • xaridorlar asta-sekin o‘z odatlarini o‘zgartiradilar va arzonroq
          tovarlarni qidirishni boshlashga shoshilmaydilar;
            • xaridorlar mahsulotlar narxining o‘sishini asosli hisoblaydilar va

          narxning o‘sishini tabiiy inflyatsiya, mahsulot sifatining yaxshilanishi
          kabilar bilan bog‘laydilar.
            Bu  shartlarning  barchasini  innovatsion  mahsulotlarga  taalluqli
          deb qabul qilish mumkin. Shu sababli ham innovatsion mahsulotlarga
          talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi bir muncha past bo‘ladi, deb
          taʼkidlashga  barcha  asoslarimiz  mavjud.  Agar  uch  omil  (isteʼmol

                                               281
   277   278   279   280   281   282   283   284   285   286   287