Page 285 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 285

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             vaqt  va  to‘g‘ri  joy  isteʼmolchi  tomonidan  belgilanadi.  Innovatsion
             mahsulotlar/xizmatlar  bozorida  muvaffaqiyatga  erishishning  yana
             bir muhim omili potensial isteʼmolchilar bilan to‘g‘ri muloqotni
             yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

                Isteʼmolchi  bilan  aloqa  o‘rnatish  –  bu  marketing  aysbergining
             eng ko‘zga ko‘ringan va muhim qismidir. Yuqorida aytilganidek,
             mahsulotni bozorga olib chiqish dasturini ishlab chiqishning muhim
             bosqichi – bu qamrab olish va taʼsir ko‘rsatish talab etiluvchi muayyan
             bozorlar va insonlar toifasini aniqlashtirish hisoblanadi. Shu sababli
             to‘g‘ri  isteʼmolchini  aniqlashtirish  va  tushunish,  uning  portretini
             chizish o‘ta muhim vazifa hisoblanadi.


                            7.5. Innovatsiyalar bozorida pozitsiyaga

                               ega bo‘lishning o‘ziga xos jihatlari
                Innovatsion  mahsulot  yoki  xizmatlarni  bozorga  olib  chiqishda
             kompaniyalar  bozorda  pozitsiyani  egallash  muammolariga  duch
             kelishadi (maqsadli auditoriya ongida mahsulot yoki xizmat qiyofasini
             shakllantirish). Shunday qilib, bozorda ko‘pgina innovatsiyalarning
             o‘rin  egallashi  quyidagi  muammolar  bilan  bog‘liq:  isteʼmolchilar-
             ning innovatsion mahsulot yoki firma xizmatlari borasida yetarlicha

             xabardor  emasligi;  ko‘pincha  innovatsion  mahsulot  yoki  xizmatlar
             bozori yangi hisoblanadi, baʼzi holatlarda bunday bozorlarning mavjud
             emasligi;  mahsulot  yoki  xizmatlarning  bozorga  olib  chiqilishini
             rag‘batlantirishda moliyaviy resurslarning cheklanganligi; yuqorida
             taʼkidlanganidek, ko‘pincha yangi bozorga kirishda innovator birinchi
             bo‘lib faqatgina “o‘zak” mahsulot va hali to‘la-to‘kis bo‘lmagan yaxlit
             mahsulotni taklif qiladilar, bu esa aksariyat hollarda isteʼmolchilarda
             firma  mahsulot  va  xizmatlari  borasida  noto‘g‘ri  yondashuv  va
             xulosalarni paydo qiladi.

                Bu  muammolarning  barchasi  bozorda  innovatsion  mahsulotlar
             va xizmatlarni joylashtirishning foydali tomonlarini tushunib etish
             borasida  batafsil  yondashuvni  talab  qiladi.  Ushbu  muammolarga
             qaramay, innovatsiyalarni joylashtirish o‘zining shubhasiz afzallikla-
             riga ega. Birinchidan, agar kompaniya yangi bozorga kirib borsa va

                                                  284
   280   281   282   283   284   285   286   287   288   289   290