Page 288 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 288

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          2010-yilda “The Man Your Could Smel Like” nomi bilan reklama qilingan
          yangi “Old Spice” dezodoranti videoroligi ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy
          virusga  aylandi.  Faqat  3  kun  davomida  mazkur  rolikni  butun  dunyo
          bo‘yicha 6 milliondan ziyod odamlar ko‘rishgan va ijtimoiy tarmoqlarda
          keng muhokama qilingan, “Procter&Gamble” kompaniyasi esa kerakli

          samaraga ega bo‘lgan.
            Partizancha marketing – maqsadli auditoriyani firma mahsuloti
          yoki  xizmati  to‘g‘risida  maksimal  darajada  xabardor  qilish  uchun
          arzon narxlardagi reklama kanallaridan foydalanish. Ushbu strategiya
          odatda reklama uchun cheklangan mablag‘larga ega bo‘lgan kichik
          innovatsion kompaniyalar tomonidan qo‘llaniladi va xarajatlar
          cheklanganligi bois mazkur innovatsion kompaniyalar tovar yoki xiz-
          matlarni bozorga surish borasida mumkin bo‘lgan barcha eng arzon
          manbalarni izlab topishga majbur bo‘ladilar.

            Misol uchun, distribyutorlar uchun bitta kompyuterning narxi 500
          dollar bo‘lsa-da, “Apple” kompaniyasi “Halloween” bayramidan foyda-
          langan holda o‘zining birinchi kompyuterini 666.66 dollarga sotadi.
            Bepul  versiya  va  qo‘shimcha  imkoniyatlar-innovatsion
          mahsulotning bepul versiyasi bilan potensial mijozlarning katta
          guruhini jalb qilish. Ushbu strategiya potensial mijozlarning
          keyinchalik pullik innovatsion mahsulotlar versiyalariga o‘tishlarini

          ko‘zda tutgani holda, potensial mijozlarni innovatsion texnologiyalar
          bilan tanishti rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Ushbu strategiya
          mahsulotning afzalliklarini reklama xabarida taʼriflash qiyin bo‘lgan
          holatlarda va odamlar mahsulotni bevosita bilib olishlariga imkon
          berishda juda qulaydir.  Misol  uchun,  taqdimotlarni  internetga
          joylashtirish  borasida  mashhur  bo‘lgan  slideshare.net  resursi  o‘ziga
          yanada  ko‘proq  foydala nuvchilarni  jalb  qilgani  holda,  o‘zining  asosiy
          funksiyalarini  be pul  taqdim  etadi.  Butun  dunyoda  foydalanuvchilar
          o‘rtasida yetarlicha mashhurlikka erishgan mazkur resurs bugungi kunda

          taqdimotlarni joylashtirish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar uchun pul
          to‘lashga tayyor bo‘lgan o‘zining ko‘p sonli foydalanuvchilariga ham ega
          bo‘ldi .
                30
          30  www. slideshare.net
                                               287
   283   284   285   286   287   288   289   290   291   292   293