Page 290 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 290

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          mahsulot va xiz matlarni bozorga surishning anʼanaviy vositalaridan
          foyda lanib bozorga yangi mahsulot va xizmatlarni olib chiqqan bo‘lsa-
          lar, bugungi kunda ular kichik innovatsion firmalarning bu boradagi
          ijobiy tajriba larini o‘rganishlari va amalda qo‘llashlari foydadan holi
          bo‘lmaydi.

            Strategiya aniqlashtirilib, savdo taklifi shakllantirilganidan so‘ng,
          firma  mahsulot  va  xizmatlarini  bozorga  olib  chiqishning  kanallari
          tanlab olinadi. Anʼanaviy tarzda marketingda mahsulot va xizmatlarni
          bozor  tomon  harakatlantirishning  barcha  vositalari  to‘rt  guruhga
          bo‘linadi:  reklama  –  pullik  ommaviy  shaxssiz  kommunikatsiya;
          sotishni rag‘batlantirish – to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish joylarida sotuv-
          lar sonini ko‘paytirishga qaratilgan faoliyat; PR – jamoatchilik bilan
          aloqalar o‘rnatish orqali biznes obro‘sini shakllantirish; to‘g‘ridan-
          to‘g‘ri savdo (sales-marketing, direkt-marketing).

            Yuqorida  taʼkidlab  o‘tilganidek,  moliyaviy  imkoniyatlarning
          cheklanganligi bois innovatsion kompaniyalar mahsulot va xizmatlarni
          bozor  tomon  surishning  kanallarini  tanlash  borasida  maʼlum
          qiyinchiliklarga  duch  keladilar.  Shu  munosabat  bilan,  innovatsion
          mahsulot va xizmatlarni ilgari surish bilan shug‘ullanadigan firmalar
          reklama,  jamoatchilik  aloqalari  va  savdoni  rivojlantirishning  eng
          qulay vositalarini tanlashlari kerak. Mahsulot va xizmatlarni bozorga

          su rishda innovatsion kompaniyalar ko‘pincha elektron jo‘natmalar,
          veb-sayt  yaratish,  qidiruv  tizimlari  (search  engine  marketing)
          va  ijtimoiy  tarmoqlar  (social  media  marketing)  orqali  mahsulot
          va xizmatlarni ilgari surish kabi internet-servis xizmatlaridan
          foydalanadilar. Internetda virusli marketing, partizancha marketing,
          hamkorlik  tarmog‘larini  yaratish  strategiyalaridan  foydalangan
          holda, mahsulot va xiz matlarning bozor tomon harakatlanishiga
          ko‘maklashuvchi  ko‘plab  servislar  mavjud.  Innovatsion  mahsulot
          va xizmatlarni bozor tomon ilgari surishning mavjud vositalaridan

          foydalanish xususiyatlari bozorlarni mijozlar tipiga ko‘ra bo‘linishiga
          ham asoslanadi: B2B (tijorat tashkilotlari uchun tovar va xizmatlarni
          bozor tomon harakatlanti rish) va B2C (jismoniy shaxslar uchun tovar
          va xizmatlarni bozor tomon harakatlantirish). B2B va B2C bozorlarida

                                               289
   285   286   287   288   289   290   291   292   293   294   295