Page 292 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 292
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
chiqarish strategiyasini shakllantirishda sotish kanallarini tanlashning
o‘ziga xosligini taʼkidlash lozim. Agar yirik korxonalar uchun ko‘pincha
savdo kanallari avvaldan tashkil etilgan bo‘lsa, bozorga innovatsion
mahsulot va xizmatlarni endi olib chiqayotgan yangi kor xonalar
uchun sotish kanallarini izlab topish jiddiy qiyinchiliklarga olib kelishi
mumkin. Asosiy muammo sotish siyosatining turi: mustaqil tarqatish
yoki vositachilar foydalanishni tanlashdan iboratdir.
Vositachilarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish kanallari innovatsion
mahsulot yoki xizmatlari katta xarajatlarsiz sotilishi mumkin bo‘lgan
kompaniyalar uchun to‘la mos keladi. O‘z mahsulot va xizmatlarini
mustaqil taqsimlashda o‘zining kuryerlik xizmatiga ega bo‘lgan internet-
do‘konlar, mobil do‘konlar, mahsulotlarni taqsimlash stendlari (masalan,
ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar)dan foydalanish mumkin.
Bunday sotish strategiyasi o‘z afzalliklariga ega. Birinchidan,
kompaniya butun savdo-sotiq jarayonini mustaqil nazorat qiladi
va mijozlar bazasini vositachilar bilan bo‘lishmaydi. Ikkinchidan,
muayyan turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish
kanallari uchinchi tomon xizmatlaridan ko‘ra arzonga tushadi.
Misol uchun, ko‘plab innovatsion internet kompaniyalari o‘zlarining
dasturlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z veb-saytlari orqali tarqatadilar. Bunday
holda, mahsulotni mijozga yetkazib berish va to‘lovlarni amalga oshirish
jarayoni deyarli hech qanday xarajatni talab qilmaydi. Bunday holda,
albatta, distribyutorlar izlashga hojat yo‘q.
Vositachilardan foydalangan holda bilvosita sotish kanallari
aksincha, mahsulotlar va xizmatlarni sotishning mustaqil jarayo-
ni qimmatga tushadigan kompaniyalar tomonidan foydalanilishi
mumkin. Ushbu holatda firma vositachilarga mijozlar bazasiga ega
bo‘lishlariga imkoniyat yaratib berishiga qaramasdan, firma bir qator
afzalliklarga ega bo‘ladi. Birinchidan, firma mahsulot va xizmatlarni
sotish borasidagi tashvishlarni o‘zidan soqit qilib, mahsulot yoki
xizmatning o‘zini takomillashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini
yanada faollashtirishi mumkin. Ikkinchidan, vositachilar ko‘pincha
firmaning o‘ziga nisbatan yuqori sifatli, ko‘proq professional va eng
muhimi, arzonroq sotish xizmatlarini taqdim etadilar.
291