Page 296 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 296
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
• ilk ko‘pchilik (34%) — innovatsion mahsulotni o‘rtacha statistik
isteʼmolchidan ko‘ra oldin, biroq ilk davomchilardan kechroq qabul
qiladilar;
• keyingi ko‘pchilik (34%) — bu innovatsiyalarni ko‘pchilik tomo-
nidan qabul qilinganidan keyingina qabul qiladigan isteʼmolchilar
guruhidir;
• ortda qoluvchilar (16%) innovatsiyalar va o‘zgarishlarni uncha
yoqtirmaydigan isteʼmolchilar guruhi: ular innovatsiyalar barcha
tomonidan qabul qilinganidan so‘nggina ularni qabul qiladilar.
J. Mur innovatsion bozor rivojlanishining ikki: dastlabki
bozor va asosiy bozor bosqichini tavsiflaydi. Dastlabki bozorlar
innovatsion kompaniyalar, ayniqsa start-uplarning mahsulotlardan
kutilmalarning yuqoriligi va moliyaviy mablag‘larning etishmasligi
bilan ajralib turadi. Innovatsion mahsulotni bozorga olib chiqishning
ushbu bosqichi quyidagi asosiy muammolar bilan tavsiflanadi: ishlab
chiquvchilarning mahsulotni ilgari surish sohasidagi tajribasizligi,
innovatorlar va ilk davomchilar o‘rtasidagi “bo‘shliqni” bartaraf etish
zarurati. Ushbu bosqichda innovatorlarning asosiy vazifasi ortiqcha
majburiyatlardan qochish hisoblanadi. Asosiy bozorda esa, kompa-
niya daromad ishlab topishni o‘rganishi lozim bo‘ladi.
Odatda, innovatsion mahsulotlar xaridorni texnik xususiyatlari
bilan emas, balki maʼlum bir muammoni hal qilish va ularning o‘ziga
xos ehtiyojlarini qondirish imkoniyati sifatida qiziqtiradi. Yuqorida
isteʼmolchilarning innovatsion mahsulotga bo‘lgan munosabati
jihatidan farq qiluvchi beshta toifasi ko‘rib chiqildi. Agar dastlabki
bozorda isteʼmolchilar guruhlari birinchi navbatda texnologik
jihatlarga qiziqish bildirsa, asosiy bozorda esa isteʼmolchilar
allaqachon iqtisodiy va tijorat manfaatlarni ko‘zlaydilar. Aynan shu
bosqichda innovatsion kompaniya o‘z saʼy-harakatlarini ijobiy imij
yaratish va mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga
qaratishi talab etiladi.
295