Page 299 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 299
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
“Sinclair C5” uch g‘ildirakli yarim yopiq elektron velosiped bo‘lib,
bitta quvvatlantirish bilan 30 km gacha masofani bosa oladigan
qo‘rg‘oshin - kislotali akkumulyator bilan jihozlangan, maksimal
tezlik 24 km/soat bilan cheklangan (Buyuk Britaniyada bunday
transport vositasi uchun haydovchilik guvohnomasi kerak emas va
14 yoshdan boshlab haydash mumkin) transport vositasi edi. Dastlab
qiymati 299 funt sterling bo‘lgani holda pochta orqali yetkazib berish
uchun qo‘shimcha yana 29 funt sterling undirilgan.
Loyihani yaratish uchun sarflangan pul bekor ketmadi: ommaviy
ishlab chiqarish uchun ajoyib xususiyatlarga ega arzon elektr velosiped
yaratildi. “Sinclair C5” – da faqat 3 ta katta qism bor edi – Y-rama va
ikkita qattiq plastik panelli korpus. Korpusa aerodinamik quvur larda
sinovdan o‘tkazilgan. Shuningdek, krash-testlar o‘tkazildi, bu elektr-
transport vositasi soatiga 24 km tezlikda harakatlanayotganda devor
bilan to‘qnashganda haydovchi uchun xavfsiz ekanligini ko‘rsatdi.
Biroq, bir nechta omillar yetarlicha yaxshi g‘oyani yo‘qqa chiqardi.
Birinchidan, mavsumiy mahsulotni mavsumdan 4 oy oldin sotuvga
chiqarish – 1985 yil qishda xaridorlar Sinclair C5-ni faqat chanada
minishlari mumkin edi (klirens 5 sm dan biroz ko‘proq edi).
Ikkinchidan, matbuot ser Sinklerning tashabbusini juda yoqimsiz
kutib oldi, shuning uchun mavsum tufayli sotilmagan elektr velosipedlari
yozgi mavsum uchun xaridorlar uchun jozibador bo‘lishni to‘xtatdi.
Tarix ham loyihaga qarshi chiqdi, 1985 yil oxiriga kelib ishlab
chiqa rilgan 12000 ta velosipedning yarmidan sal ko‘pi sotildi.
Muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, sotilmay qolgan “Sinclair C5”larini
tankerlar va yuk tashuvchi katta kemalar paluba transporti sifatida
sotib olishdi va buning uchun dastlabki narxdan qariyb ikki baravar
ko‘p to‘lashdi.”
Savollar
1. Vaziyat bilan tanishib chiqing. Bunday vaziyatda yangi mahsulotlar
uchun mo‘ljallangan marketing majmuini tavsiflang.
2. Innovatsiyalarni bozorga chiqarishda kompaniya qanday xatoga
yo‘l qo‘ygan? Kompaniyaga qanday maslahat bergan bo‘lar edingiz?
298