Page 280 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 280
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
tutilgan muayyan tip, tur va sinfga tegishli bo‘lgan mahsulot. Masa-
lan shaxsiy kompyuter.
Kutilayotgan mahsulot – xaridor sotib olayotganda tasavvur
qiladigan mahsulot; xaridorning sotib olish maqsadlariga
erishishi uchun zarur bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning minimal
konfiguratsiyasi. Masalan, monitor bilan shaxsiy kompyuter.
Kengaytirilgan mahsulot – sotib olish maqsadiga erishishning
maksimal ehtimolligini taʼminlash uchun komplektatsiyalangan
mahsulot. Misol uchun, qo‘shimcha mahsulotlar: dasturiy taʼminot,
printer, sotishdan keyingi servis xizmatlari, ishonch telefoni.
Potensial mahsulot – bozorga ushbu mahsulotga o‘xshash
mahsulotlarning kirib kelishi asnosida uni takomillashtirish
potensiali, foydalanuvchilarning iltimoslariga ko‘ra mahsulotga
sezilarli o‘zgartirishlar kiritib boriladi.
J. Mur bu yondashuvni mahsulotni innovatsion yuqori texno lo giyali
mahsulotga nisbatan idrok darajasini farqlash uchun qo‘l lagan. Uning
fikriga ko‘ra, yaxlit mahsulot – bu bozor talablariga to‘la javob beruvchi
va o‘zida to‘liq mujassamlashgan o‘ziga xos yechimdir. Har qanday
innovatsion mahsulotni bozorga olib chiqishda innovator ilk bozor
uchun yetarli bo‘lgan “o‘zak mahsulot”ni taklif etadi. Bi roq asosiy
bozorning rivojlanishi va asosiy bozorga raqobatlashuvchi “o‘zak
mahsulot”larning kirib kelishi natijasida mahsulotlar bir-birlariga
tobora o‘xshab boradi va raqobatchilar o‘rtasida marketing kurashi
tobora shiddatli tus ola boshlaydi. Pragmatiklar yaxlit mahsulotni
istaydilar. Ular “Linux”ga nisbatan “Windows XP”ni, gibrid yoki
elektromobilga nisbatan anʼanaviy avtomashinani afzal ko‘radilar.
Pragmatiklar bozorda kuchli yetakchilikka nomzodni ko‘rmaganlaricha,
hech bir qo‘llab-quvvatlashlarni amalga oshirmaydilar.
Shunday qilib, to‘g‘ri mahsulot – bu isteʼmolchining ehtiyoj-
larini qondira oladigan, raqobatlashayotgan mahsulotga nisbatan
yaxshilangan qiymatga ega bo‘lgan, joriy xarajatlarni qoplash
uchun daromadlarga ega bo‘lish va yetarlicha foyda olish imkonini
beruvchi mahsulotdir. Boshqacha aytganda, mahsulot – bu maqsadli
isteʼmolchilar guruhining ehtiyojlarini to‘laqonli ravishda qondiruvchi
279