Page 281 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 281

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             foydali  xususiyatlar  jamlanmasidir.  Shuning  uchun,  innovatsion
             mahsulot  uchun  maqsadli  isteʼmolchilarni  tanlash  va  ularning
             ehtiyojlarini  o‘rganish  juda  muhimdir.  To‘g‘ri  isteʼmolchi  va  to‘g‘ri
             mahsulotni aniqlashtirgan holda, to‘g‘ri narxni qanday aniqlashni
             ham bilib oli shimiz zarur. Bu narx va ehtiyojlarni qondirish darajasi

             o‘rtasida to‘g‘ ri nisbatni o‘rnatish maqsadida bozorda shiddatli kurash
             olib  borishni  talab  etuvchi,  murakkab  vazifa  hisoblanadi.  Bular-
             ning barchasi narxning mahsulot xususiyatlariga va isteʼmolchining
             talablariga  mos  kelishini  taʼminlashdan  iboratdir.  Ideal  isteʼmol
             narxini hisoblashning yagona formulasi yo‘q. Yetkazib berish, talab,
             raqobatdosh narx, mahsulot imiji, xaridorlarning ruhiy holati,

             mahsulot samaradorligi, o‘rnini bosadigan mahsulotlar va iqtisodiy
             shart-sharoit masalalari narxga taʼsir ko‘rsatadigan omillarning bir
             qismi hisob lanadi, xolos.  Ushbu omillarning aksariyati kompaniya
             tomonidan  nazorat  qilinmaydi.  Taʼkidlash  lozimki,  narxlar  asosan

             bozor kuchlari tomonidan belgilanadi. Boshlang‘ich narxni belgilash
             zaruriyati kompaniya yangi mahsulotni ishlab chiqayotgan yoki sotib
             olayotgan,  yangi  savdo  kanallaridan  foydalangan  yoki  mahsulotni
             yangi hududlarda namo yish etayotgan paytlarda yuzaga keladi.
             Bunday holda kompaniya mah sulot sifati va narxiga qarab mahsulotni
             joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Baʼzi kompaniyalar

             bozorda  o‘z  pozitsiyalarini  mustahkamlash  uchun  yuqori  narxdan
             foydalanishga harakat qiladilar, yaʼni “qaymog‘ini olish» strategiyasi ni
             amaliyotda qo‘llaydilar. “Qaymog‘ini olish” strategiyasining ama liyotda
             qo‘llanilishiga  DuPont  kompaniyasining  faoliyatini  misol  tariqasida
             keltirib  o‘tishimiz  mumkin.  Bozorga  navbatdagi  yangi  mahsulotlar

             (sellofan, neylon, teflon)ni taqdim etishni rejalashtirar ekan, kompaniya
             yangi mahsulotlarning mahsulot - subsitutlarga nisbatan afzalliklariga
             urg‘u bergani holda, o‘z mahsulotlariga eng yuqori narxlarni belgilaydi.
             Sotish  hajmlari  barqarorlashgandan  so‘ng,  DuPont  xaridorlarning
             navbatdagi segmentini jalb etish maqsadida pasaytirilgan yangi narxlarni
             belgilaydi. Shu tariqa, DuPont turli bozor segmentlaridan o‘zi uchun zarur

             bo‘lgan moliyaviy “qaymoq” qatlamini yig‘ib oladi.

                                                  280
   276   277   278   279   280   281   282   283   284   285   286