Page 274 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 274
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
marketing tadqiqotlari yoki kompaniyaning tegishli bo‘limlari
tomonidan yoki chetdan mutaxassislar jalb etgan holda amalga
oshiriladi. Kichik kompaniyalarda bunday imkoniyatlar mavjud
bo‘lmasa-da, har bir kompaniya o‘zining bozor tadqiqotlarini
o‘tkazishi lozimligini taʼkidlashimiz kerak. Xususan, loyihani ishlab
chiqishning dastlabki bosqichlaridan tortib, katta miqdorda kapital
qo‘yilmalarga ega bo‘lishgacha bo‘lgan davrlarda isteʼmolchi bilan
aloqalar o‘rnatish va mavjud farazlarni aniqlashtirish foydali bo‘ladi.
Loyihaning taraqqiy etib borishi asnosida bozor tadqiqotining
maqsadlari ham o‘zgarib boradi. Umumlashtirilgan holda o‘zgarishlar
to‘g‘risidagi maʼlumotlar yuqoridagi 7.1-jadvalda keltirib o‘tilgan.
Loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, bozor
to‘g‘risida umumiy fikrlarga ega bo‘lish uchun tezkor bozor tahlilini
o‘tkazishga zarurat tug‘iladi. Ushbu holatda bozorda kuchlarning
joylashuvi va bozorda kompaniyaning o‘rni borasida tushuntirishlar
beruvchi M. Porterning 5 raqobat kuchi modeliga tayanib ish ko‘rishimiz
mumkin. Ushbu model bozorning konseptual tahlilini o‘tkazish,
kompaniyaning asosiy bozor tahdidlarini va imkoniyatlarini aniqlash
imkonini beradi, keyinchalik olingan maʼlumotlarni SWOT-tahlil
matritsasida aks ettirishimiz ham mumkin. Bozor to‘g‘risida umumiy
tasavvur hosil qilib bo‘linganidan so‘ng, tadqiqotchi bozor miqyosi
va rivojlanish dinamikasi, raqobatchilar va isteʼmolchilar haqida aniq
maʼlumot to‘plashi kerak bo‘ladi. Bozor hajmini baholash maʼlum bir
vaqt mobaynida muayyan bir mintaqada mazkur mahsulotning eng
yuqori darajada sotilishi mumkinligini baholashni o‘z ichiga oladi.
Odatda bozor hajmi yillik ko‘rsatkich asosida hisoblanadi. Ushbu
qiymatni pul ifodasida aniqlash afzalroqdir, chunki bu shaklda
turli bozorlarni bir-biri bilan taqqoslash imkoniyatlari ortadi, bu
esa investorlar uchun yetarlicha axborotlarga ega bo‘lishi imkonini
beradi.
Innovatsion mahsulotlar bozori uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobat-
chilarning bo‘lmaslik holati ham xos bo‘lishi mumkin, biroq bu
bozorning mavjud emasligini bildirmaydi. Ushbu holatda, bozor
poten sial isteʼmolchilar, yaʼni potensial talab orqali tasavvur etiladi.
273