Page 271 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 271
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
jamoadoshlarini mazkur loyihaga jalb qilishda yetarlicha xarizma
mavjud. Ular jamiyat aʼzolarining eʼtiborini yangi texnologiyalarga
qaratadilar. Odatda ular unchalik ham ko‘p tajribaga ega bo‘lmagan
rahbarlar, kuchli motivatsiyaga ega bo‘lgan insonlar hisoblanadilar.
Bunday insonlarni “orzular” boshqaradi. Ular o‘z-o‘zicha faqatgina
texnologiyaning o‘zidan emas, balki bunday texnologiya evaziga eri-
shish mumkin bo‘lgan oldinga siljish (yorib o‘tish)dan naf ko‘radilar.
Narxga nisbatan o‘ta sezgir emasliklari, moliyalashtirish manbai kam
yoki umuman mavjud bo‘lmagan firmalar bilan ishlash imkoniyat-
larining mavjudligi ularning ijobiy jihatlari hisoblanadi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, ular venchur kapitalining yashirin manbai hisob-
lanadilar. Ularning kamchiliklari shunda ko‘rinadiki, ularga oson-
gina sotish mumkin bo‘lsada, innovatsiyalardan umidlari kattaligi
bois ularni ko‘ndirish juda ham mushkuldir. Shuning uchun ularning
talablarini va innovatsion kutilmalarini to‘g‘ri boshqara bilish juda
muhimdir. Bundan tashqari, ularni o‘z hamkasblarining tajribasiga
hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishlari, mavjud infratuzilmani
eʼtiborsiz qoldirishlari, qaror topgan meʼyorlarni buzib yuborishlari
alohida ajratib turadi. Ayni mana shunday xususiyatlar tufayli, ular
bozorning dastlabki bosqichida innovatsion mahsulotlarga qizi qish
bildiradilar. Ilk bozor va asosiy bozor o‘rtasidagi jarlikni yengib o‘tish
uchun, innovatsion kompaniya isteʼmolchilarning navbatdagi guruhi
– ilk ko‘pchilik (pragmatiklar)ga eʼtiborini qaratishi lozim. Agar
erta bozorda innovatorning asosiy vazifasi o‘z zimmasiga ortiqcha
majburiyatlarni olmaslik bo‘lsa, asosiy bozorda esa pul ishlab
topish katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun quyidagi uchta
muammoni hal etish talab qilinadi: oldindan ko‘ra oluvchilar bilan
pragmatiklar o‘rtasidagi jarlikni bartaraf etish; yaxlit mahsulotni
yaratish; infratuzilmani rivojlantirish bilan atroflicha shug‘ullanish.
Ilk ko‘pchilik (pragmatiklar), avvalgi ikki guruhdan farqli ravishda,
pioner bo‘lishni istamaydilar va hech qachon o‘z ixtiyorlari bilan
yangi innovatsion mahsulot uchun sinov maydoniga aylanishni
xushlamaydilar. Ular ning maqsadi – bosqichma-bosqich, bashorat
qilinadigan va o‘lchash mumkin bo‘lgan oldinga intilishdir. Shuning
uchun ular innovatsion kompaniyaning obro‘siga, mahsulot sifati,
270