Page 266 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 266

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Boshqacha aytganda, quyidagi savollarga javob topishimiz kerak
          bo‘ladi:
            Birinchidan,  ushbu  mahsulot  qaysi  isteʼmolchilar  guruhi  uchun
          mo‘l jallangan va u yana qaysi sohalarda hamda qanday maqsadlarda

          ishlatilishi mumkin.
            Ikkinchidan,  mahsulotlarning  qaysi  funksional  va  texnik
          parametrlari uning raqobatdoshligini oshirishda muhim ahamiyatga
          ega hisoblanadi, muayyan isteʼmolchilarning talablarini eng yuqori
          darajada  qondirish  maqsadida  mahsulot  texnik  va  funksional
          ko‘rsatkichlarining  yana  qaysilari  ustida  ishlash  talab  etiladi.

          Bu o‘rinda bozordagi innovatsion mahsulotlarning o‘ziga xos
          xususiyatlari marketing majmuida to‘la aks etishiga eʼtibor qaratish
          lozim bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bozorga yangi innovatsion
          mahsulotni  joriy  qilishda  isteʼmolchining  xatti-harakatlarini
          bashorat qilish va uning xulq-atvorini modellashtirish qiyin vazifa

          sanaladi.  Isteʼmolchilar  xulq-atvorini  modellashtirish  borasida  bir
          nechta yondashuv lar mavjud.
            Bunday  yondashuvlardan  biri  –  4Aʼs  modeli  quyida  7.4-rasmda
          keltirib  o‘tilgan. Mahsulotlar to‘g‘risida xabardor bo‘lgan va
          mahsulotlarni sotib olgan xaridorlarning soni va miqdori o‘rtasidagi
          farq quyidagi holatlarda katta bo‘ladi:
            -    savdo markasining bozordagi ulushi sezilarsiz bo‘lsa;

            -    raqobatchilar soni yetarlicha ko‘p bo‘lsa;
            -    mahsulot yangi isteʼmolchilarga mo‘ljallangan bo‘lsa;
            -    mahsulot yoki xizmat murakkab bo‘lsa;
            -    mahsulotning bozordagi pozitsiyasi aniq bo‘lmasa.

















                                               265
   261   262   263   264   265   266   267   268   269   270   271