Page 272 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 272
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
infratuzilma va xizmatlar ning ishonchliligiga katta eʼtibor beradilar.
Agar innovatsion kompaniya pragmatiklarni (ilk ko‘pchilikni) ishontira
olsa, u bozorning uchdan ikki qismini berishi mumkin bo‘lgan keyingi
ko‘pchilikni zabt etishga harakat qilishi mumkin. Ammo shuni qayd
etishimiz lozimki, bejizga bu guruhni konservatorlar, deb atashmaydi.
Ular taraqqiyotga nisbatan ko‘proq anʼanalarni qadrlaydilar, yorib
chiquvchi innovatsiyalarni qabul qilishga tayyor emaslar. Ular
hamma narsani “bir qutida” va past narxlarda sotib olishni yaxshi
ko‘radilar. Agar biz ushbu isteʼmolchilar guruhini ishontira olsak, eng
qiyin va xulq-atvorini o‘zgartirish mushkul bo‘lgan isteʼmolchilar
guruhi – skeptiklarni o‘z mijozlarimiz safiga qo‘shib olish uchun
harakat qilsak bo‘ladi. Ular sotuvchilarning vaʼdalariga hamisha ham
uchavermaydilar, sotuvchilarning vaʼdalari va yetkazib berilayotgan
mahsulotlar o‘rtasidagi nomutanosibliklarni doimiy ravishda qayd
etib boradilar. Bi roq ularning daʼvo va talablariga quloq solish talab
etiladi, zero ular tugallangan yechim (yaxlit mahsulot)ni yetkazib
berish borasida aynan nimalar etishmayotganligini ko‘rsatib
beradilar. Innovatsion mahsulotlar bozorida bozor rivojlanishining
bir bosqichidan ikkinchisiga, isteʼmolchilarning bir guruhidan
ikkinchisiga – “yoriqlar” va “jarliklar”ni bartaraf etish orqali silliq
o‘tish talab etiladi. Boshqacha aytganda, avvalo innovatorlarga eʼtibor
qaratish, keyinroq ilk izdoshlar bilan ishlash, so‘ngra ilk ko‘pchilikni
jalb qilish, keyinroq keyingi ko‘pchilikning eʼtiborini tortish va oxir-
oqibatda skeptiklarga diqqat ni qaratish talab etiladi.
7.3. Innovatsion mahsulotni bozorga olib kirishda
innovatsion mahsulotlar/xizmatlar bozorini tahlil qilish
Bozor tadqiqotlari har qanday biznesning muhim unsuri hisoblanadi,
chunki kompaniya boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur
bo‘lgan axborotlarni tashqi muhitdan (raqobatchilar, isteʼmolchilar
va boshqalar) olish imkonini beradi. Innovatsion mahsulotni
bozorga (mavjud yoki yangi bozorga) olib chiqish jarayonida va-
ziyat yangi mahsulot yoki bozorning o‘ziga xos xususiyatlari evaziga
murakkablashadi.
271