Page 257 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 257
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Uzluksiz innovatsiyalar – mavjud mahsulotlar variatsiyasini o‘zida
aks ettiradi. Ushbu innovatsiyalar isteʼmolchining mavjud shakllanib
kelgan anʼanaviy xatti-harakatiga salbiy taʼsir ko‘rsatmaydi.
Uzluksiz dinamik innovatsiyalar – yangi mahsulot yoki mavjud
mahsulotlar modifikatsiyasi bo‘lib, ular isteʼmolchi xatti-harakatini
ifodalamaydi.
Uzlukli innovatsiyalar – isteʼmolchi xatti-harakatini butunlay
o‘zgartirib yuboruvchi yangi mahsulotlar bilan bog‘liq jarayondir.
Yangi axborot texnologiyalari uzluksiz innovatsiyalar hisoblanib,
isteʼmolchi xatti-harakatini tubdan o‘zgartiradi. Bunga misol sifatida
turli xil mahsulot va xizmatlarni uydan chiqmasdan turib, internet
orqali xarid qilishni keltirish mumkin.
Uzluksiz yoki uzluksiz dinamik innovatsiyalar eng samarali
innovatsiyalar hisoblanib, bunday mahsulotni joriy qilishda
isteʼmolchi uchun yangi mahsulot va xizmatning ahamiyati, zaruratini
tushuntirish uchun qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirish talab
qilinmaydi.
Innovatsion mahsulot, o‘z navbatida, jismoniy hamda axborot
omillari bilan tavsiflanadi. Zamonaviy isteʼmolchi tomonidan maʼlum
bir jismoniy xususiyatlari yig‘indisi sifatida qaraladigan innovatsion
mahsulot isteʼmolchilar uchun jozibali emas, shu sababli, ularga
bo‘lgan talab ham yuqori emas.
Isteʼmolchi, birinchi navbatda, mahsulotning jismoniy, axborot,
yetkazib berish shartlari kabi bir qator xususiyatlari bo‘yicha istagini
ifodalovchi umumiy konsepsiyasini qabul qilishi lozim. Isteʼmolchi
umidining ustunligini yengish uchun qo‘shimcha foydani keltiradigan
kengaytirilgan mahsulot konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Yangi mahsulot muvaffaqiyati, E.Rodjersning fikricha, quyidagi
ko‘rsatkichlarga bog‘liq: nisbiy ustunlik, moslilik, murakkablik,
mahsulotni tajriba qilib ko‘rish imkoniyati va ommaboplilik. Nisbiy
ustunlik ko‘rsatkichida asosiy eʼtiborni mahsulotning obyektiv
xususiyatiga emas, balki isteʼmolchining muhim ehtiyojlariga
qaratiladi. Moslilik isteʼmolchi tomonidan innovatsiyalarni qabul
qilishdagi eng muhim va muammoli omil hisoblanadi. Shuningdek,
256