Page 240 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 240
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish tashkilotning samarali
ishlashini taʼminlashning muhim vositasidir. Intellektual mulk
obyektlari nomoddiy bo‘lishiga qaramay, ular kompaniya balansida
asosiy vositalar va boshqa moddiy aktivlar sifatida ham qayd etiladi.
O‘zining intellektual huquqlarini himoya qilishga yetarlicha eʼtibor
qaratmaydigan biznes vakillari quyidagi bir qator muammolarga duch
keladilar: raqobatchilar tomonidan tovar belgisidan foydalangan
taqdirda ishbilarmonlik obro‘sini yo‘qotish va mijozlarning
chiqib ketishi, raqobatbardoshlikni pasaytirish va bozor ulushini
kamaytirish, investorlarning o‘z aktivlarini himoya qila olmaydigan
tadbirkor bilan hamkorlik qilishning istamasligi.
Ko‘pincha, ko‘plab ixtirochilar o‘zlarining intellektual mulklarini
himoya qilish masalalari haqida nizoli holatlar kelib chiqmaguncha
va kimlardir ularning ishi natijalaridan foydalanmaguncha deyarli
bosh qotirmaydilar. Odatda ixtirochilar nafaqat mulkiy huquqlar,
balki mualliflik huquqi kabi nomulkiy huquqlar buzilgan taqdirda
ham o‘z manfaatlarini himoya qilishdan manfaatdor bo‘ladilar.
Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish tartibi va xususiyatlari
O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksida belgilab berilgan. Ushbu masalalar
qonuniy tartibga solinganiga qaramay, mamlakatimizda huquqiy
madaniyat ancha past darajada, shuning uchun intellektual
mulk huquqlarining ayrim sohalarida samarali huquqni qo‘llash
amaliyotiga misollar yetarlicha emas.
Ko‘pincha huquqiy nizolar tovar belgilarini himoya qilish va
muhofaza qilish sohasida yuzaga keladi. Shunga qaramay, boshqa
intellektual mulk huquqlarining egalari ham bamaylixotirlikka be-
rilmasliklari lozim. Qanday bo‘lmasin, intellektual mulk huquqlarini
savodli va yetarlicha to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlash lozim.
Aks holda, aktivlarni himoya qilishning imkoni bo‘lmaydi. Intellektual
mulk turlariga qarab, ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishning
turli usul va uslublari mavjud.
Intellektual mulkning quyidagi turlari (yoki intellektual mulk
huquqi obyektlari) ajratiladi: yuridik shaxslar, tovarlar, ishlar,
239