Page 236 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 236
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Mn - n yildan so‘ng intellektual mulk obyektining qiymati;
d-diskontlash stavkasi.
6.6. Intellektual mulkni boshqarish
Intellektual mulkni boshqarish – strategik biznes maqsadlariga
eri shish qobiliyatiga taʼsir ko‘rsatadigan innovatsion kompaniya
boshqaruvining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Zamonaviy yuqori texnologiyali korxonani boshqarishning
muvaffaqiyati – bi limlarga asoslangan nomoddiy aktivlarni yaratish,
himoya qilish va ulardan samarali foydalanishda o‘z ifodasini topadi.
Kompaniyaning intellektual mulkini boshqarishning mohiyati
uning obyektlarga bo‘lgan huquqlarining portfelini boshqarishdan
iboratdir. Bunday portfel korxonaning himoyalangan intellektual
fao liyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquqlarni va shuningdek,
litsenziya shartnomalari asosida olingan natijalardan foydalanish
borasidagi huquqlarni ham o‘z ichiga oladi. Huquqlar portfeli odatda
patent huquqlari asosida tashkil topsa-da, uning tarkibiga mualliflik
huquqi obyektlariga mutlaq huquqlarni, ishlab chiqarish sirlari (nou-
xau), tovar belgilari va shu kabilarni ham kiritishimiz mumkin.
Shunday qilib, intellektual mulkni boshqarishda intellektual
mehnat va shaxsiylashtirish vositalarini yaratish va ulardan foydala-
nish bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va nazorat qilish nazarda
tutiladi. Intellektual mulkni boshqarishning asosiy vazifasi-
boshqaruv obyektini keyinchalik kapitallashtirish orqali korxonaning
qimmatli aktiviga aylantirishdan iboratdir.
Intellektual mulkni boshqarish bir nechta sohalarga bo‘linuvchi
funksiya va jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
• intellektual faoliyat natijalarini yaratish;
• ularga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish;
• IFNlarini joriy qilish va ulardan foydalanish;
• yuqorida sanab o‘tilgan jarayonlar bilan bog‘liq operatsiyalarni
moliyalashtirish;
• intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha barcha tadbirlarni
tashkiliy jihatdan va axborot bilan taʼminlash.
235