Page 231 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 231

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Tovar  belgisiga  guvohnoma –  ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng
             beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi
             va har safar 10 yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi.
                Agar obyekt patentga layoqatlilik mezonlariga mos bo‘lsa, u
             tegishlicha ixtiro, foydali model, sanoat namunasi deb tan olinadi.

             Qonunga  muvofiq  ko‘rsatilgan  obyektlar  uchun  quyidagi  mezonlar
             belgilangan:
                Ixtirolar uchun – uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda qo‘lla-
             nishi;
                Foydali model uchun – uning yangiligi va sanoatda qo‘llanilishi;
                Sanoat namunasi uchun – uning yangiligi, o‘ziga xosligi va sanoatda
             qo‘llanilishi.
                Patent  ekspertizasini  o‘tkazish  vaqtida  foydalaniladigan  eng
             muhim tushuncha texnika darajasi tushunchasidir. Texnika darajasi

             o‘z ichiga ixtironing ustuvorlik sanasigacha jahonda barcha uchun
             maʼlum bo‘lgan va barcha foydalanadigan maʼlumotlarni oladi.
                Dastlabki  ekspertizaning  mohiyat  jihatidan  ekspertizadan  farqi,
             eng avvalo shundaki, dastlabki ekspertiza vaqtida talabnoma
             berilgan  obyektning  (ixtiro,  foydali  model)  mahalliy  yangilik
             talablariga  muvofiqligi  tekshiriladi,  yaʼni  patent  ekspertlari  faqat
             O‘zbekistondagi mavjud patent hujjatlarini tekshiradilar, mohiyat

             jihatidan ekspertizada esa obyektning jahon texnika darajasiga
             muvofiqligi tekshiriladi. Patent idorasi maʼlumotlar rasmiy ravishda
             chop  etilgandan  so‘ng  uch  oy  o‘tgach  patent  egasiga  (yoki  tovar
             belgisi egasiga) muhofaza hujjati, tegishlicha patent, dastlabki patent
             yoki guvohnoma  beradi. Patent, dastlabki  patent yoki guvohnoma
             O‘zbekiston Respublikasi nomidan beriladi va Patent idorasi rahbari
             tomonidan imzolanadi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, hamma
             vaqt bitta obyektga faqat bitta muhofaza hujjati (patent, dastlabki
             patent yoki guvohnoma) beriladi. Agar patent egasi bir nechta bo‘lsa

             (masalan, ikki firma yoki ikki hammuallif) ular bitta patent oladilar.
                Qayd etib o‘tamizki, keyinchalik patent egasi patent yoki dastlabki
             patentni kuchda saqlab turish uchun muntazam ravishda boj to‘lab
             turishlari  shart,  boj  to‘lamaslik  muhofaza  hujjatining  amal  qilishi

                                                  230
   226   227   228   229   230   231   232   233   234   235   236