Page 230 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 230

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Tarkibida patentlangan obyektlar bo‘lgan vositalar ustida ilmiy
          tadqiqot yoki tajribalar o‘tkazish;
            Tabiiy  ofatlar,  halokatlar,  epidemiyalar  va  boshqa  favqulodda
          hollarda tarkibida patentlangan obyektlar bo‘lgan vositalarni
          qo‘llanish. Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlari yo‘lida

          patentlangan obyektlardan foydalanish to‘g‘risida patent egasining
          roziligini olmasdan turib qaror qabul qiladi, lekin bunday hollarda
          obyektdan foydalanilgani uchun unga tegishli tovon to‘lanadi;
            Tarkibida patentlangan obyektlar bo‘lgan vositalarni, agar bu vositalar
          qonuniy yo‘l bilan xo‘jalik aylanmasiga kiritilgan bo‘lsa, qo‘llanish
          (masalan, patent egasining o‘zi yoki uning litsenziyasi bo‘yicha)
            Vositalarni hech qanday daromad olmasdan shaxsiy maqsadlarda
          qo‘llanish;
            Dorixonalarda shifokor retsepti bo‘yicha dorilarni bir marta tayyorlash.

            Ixtiroga  patent  – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab
          yigirma  yil  mobaynida  amal  qiladi,  mohiyati  bo‘yicha  ekspertiza
          o‘tkazilgandan so‘ng beriladi;
            Ixtiroga dastlabki patent (2002-yil oktabr oyigacha) – dastlabki
          ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi va ustuvorlik sanasidan
          boshlab  besh  yil  mobaynida  amal  qiladi.  Talabnoma  beruvchining
          mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosiga ko‘ra

          patentga aylantirilishi mumkin;
            Sanoat  namunasiga  patent  –  mohiyati  bo‘yicha  ekspertiza
          o‘tkazilgandan so‘ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil
          mobaynida amal qiladi, patent egasining iltimosi bilan amal qilish
          muddatini yana besh yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi;
            Sanoat  namunasiga  dastlabki  patent  (2002-yil oktabr oyiga cha)
          –Dastlabki ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi va ustuvorlik
          sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki pa tent
          egasi iltimosiga ko‘ra patentga aylantirilishi mumkin.

            Foydali  modelga  patent  – dastlabki ekspertiza o‘tkazilgandan
          so‘ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida
          amal  qiladi  va  talabnoma  beruvchining  iltimosiga  ko‘ra  yana  uch
          yilga uzaytirilishi mumkin.

                                               229
   225   226   227   228   229   230   231   232   233   234   235