Page 229 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 229
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
asariga bo‘lgan mualliflik huquqi borasida to‘xtalib o‘tilgan. Unga
ko‘ra xiz mat vazifalarini yoki xizmat topshirig‘ini bajarish tartibida
yaratilgan asarga (xizmat asariga) bo‘lgan muallifning shaxsiy
nomulkiy huquqlari asar muallifida saqlanib qoladi .
26
Xizmat asaridan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqlar, agar
muallif bilan ish beruvchi o‘rtasidagi shartnomada boshqacha qoida
nazarda tutilgan bo‘lmasa, ish beruvchiga tegishlidir.
Xizmat asaridan foydalanishning har bir turi uchun mualliflik haqi
miqdori va uni to‘lash tartibi muallif bilan ish beruvchi o‘rtasidagi
shartnomada belgilanadi. Ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomadan qatʼi
nazar, muallif asar oshkor qilingan vaqtdan eʼtiboran o‘n yil o‘tganidan
keyin, ish beruvchining roziligi bilan esa undan ham ol dinroq asardan
foydalanish va mualliflik haqini olish huquqini to‘liq hajmda qo‘lga kiritadi.
Muallifning xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etmaydigan
usulda foydalanish huquqi cheklanmaydi.
Ish beruvchi xizmat asaridan har qanday tarzda foydalanishda o‘z
nomini ko‘rsatishga yoxud uni ko‘rsatishni talab qilishga haqlidir.
Intellektual mulk obyektlariga mulkiy huquqlar fuqaro yoki yuridik
shaxsning shu obyektga alohida huquqlaridir. Faqat alohida huquqlar
egasi intellektual mulk obyektidan boshqa shaxslar foydalanishiga
ruxsat berishi yoki man qilishi mumkin.
Alohida huquqlar faqat qonunda ko‘zda tutilgan hollarda va faqat
in tellektual mulk obyektlaridan meʼyorida foydalanishga hamda
uning ega sining qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilmagan taqdir-
dagina cheklanishi mumkin.
Alohida huquqlar quyidagi hollarda cheklanishi mumkin:
O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan ixtiro, foydali modellar,
sanoat namunalari tarkibidagi qurilmalarni boshqa davlat, Parij
konvensiyasi ishtirokchisining transport vositasida, bu transport
vositasi vaqtincha yoki tasodifan O‘zbekiston Respublikasi hududida
bo‘lganda qo‘llanish, bunda bu qurilmalar faqat shu vosita ehtiyojlari
uchungina foydalanilishi shart;
26 O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-sonli Qonuni.
www.lex.uz
228