Page 227 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 227

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             Innovatsiyalarni  muhofaza  qilishning  eng  samarali  vositasi  –  bu
             patentlash hisoblanadi. Patent – bu intellektual faoliyat natijalaridan
             foydalanishda ustunlik beruvchi, mualliflik huquqi va uning egasining
             mutlaq hu quqini tasdiqlovchi hujjatdir.
                Patentning qiymati shundan iboratki, u o‘z egasiga patent berilgan

             mamlakat  chegarasida  patentning  amal  qilish  muddati  tugagunga
             qadar  intellektual  faoliyat  natijalaridan  yakka  o‘zi  foydalanishi
             borasida mutlaq huquq beradi va patent egasining roziligisiz
             o‘zgalarning  intellektual  faoliyat  natijalaridan  foydalanishini
             taqiqlaydi. Patent o‘z egasiga qonuniy monopoliya va bozorda
             katta hokimiyatga ega bo‘lish imkonini beradi. Patent ixtiro yoki
             foydali  modelning  mohiyatini  har  bir  kishi  uchun  ochib  beradi,
             shuning  uchun  bu  yerda  tasvirlangan  texnik  yechim  har  qanday
             shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlarda o‘z mahsulotlarini ishlab

             chiqarishda foydalanishi mumkin, lekin bunday mahsulotni patent
             amal qiluvchi mamlakat hududiga olib kirish taʼqiqlanadi.
                Patent quyidagi funksiyalarni bajaradi:
                • huquq egasining intellektual mulkini nusxa olish va o‘g‘irlashdan
             himoya qiladi;
                • marketing vositasi sifatida raqobatchilarga nisbatan huquq ega-
             sining mahsulotlarini qonuniyligini tasdiqlaydi;

                • muayyan bozor ulushini nazorat qilishni taʼminlaydi;
                • huquq egasiga huquqbuzar shaxsdan patent buzilishiga chek qo‘-
             yishni, yetkazilgan zararni qoplashni, obro‘ni himoya qilish maqsadida
             chiqarilgan sud qarorini omma ixtiyoriga havola etishni talab qilish
             huquqini beradi. Mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq, il miy-texnik
             sohasidagi va badiiy-konstruktorlik sohasidagi intellektual faoliyat
             natijalari patent huquqining obyektlari hisoblanadi.
                Ilmiy-texnika sohasidagi intellektual faoliyat natijalariga quyida-
             gilar kiradi:

                ixtiro  –  mahsulotga  (qurilma,  modda,  shtamm,  hujayraga)  yoki
             us lubga (moddiy  vositalar bilan moddiy  obyektlar ustida xatti-
             harakatlarni amalga oshirish jarayoni) tegishli bo‘lgan texnik yechim
             muhofazalanadi;

                                                  226
   222   223   224   225   226   227   228   229   230   231   232