Page 225 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 225
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Intellektual mulkni muhofazalash sohasidagi xalqaro hamkorlik-
ning maqsadi turli davlatlar ichki qonunchiligining ayrim qoidalarini
bir xillashtirish, intellektual mulk sohasida xalqaro standartlar va
meʼyorlar ishlab chiqish yo‘li bilan turli mamlakatlarda intellektual
mulk huquqlarini muhofazalashni yengillashtirish uchun shart-
sharoitlar yaratishdan iborat .
Xalqaro munosabatlarda huquqlarning asosiy manbai xalqaro
bitim, shartnomalardir. Xalqaro shartnoma bu xalqaro huquq bilan
tartibga solinadigan davlatlar o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, unda o‘zaro
huquq va majburiyatlar belgilab beriladi.
Intellektual mulk sohasidagi asosiy xalqaro bitimlar Butunjahon
intellektual mulk tashkiloti (BIMT) doirasida birlashtiriladi. BIMT
Stokgolmda 1967-yilda imzolangan va 1970-yilda kuchga kiritilgan
konvensiya bilan taʼsis etilgan. BIMT BMTning 16 ta ixtisoslashgan
muassasalaridan biridir. BIMTning maʼmuriy vazifalarini bajaradigan
Kotibiyati “BIMTning Xalqaro byurosi” deb ataladi.
Sanoat mulkini muhofazalash bo‘yicha Parij Konvensiyasi intel-
lektual huquqlar sohasidagi birinchi, eng umumiy xalqaro bitim
bo‘ladi. Parij Konvensiyasi 1883-yilda tuzilgan. Konvensiya hozirgi
vaqtda amal qilayotgan tahriri 1979-yilda Stokgolmda qabul qilingan
bo‘lib, 2000-yil 1-yanvardagi maʼlumotlarga ko‘ra, 162 davlat,
shu jumladan, 1993-yil 18-avgustda Konvensiyaga aʼzo bo‘lgan
O‘zbekiston ham uning ishtirokchilari hisoblanadi.
Konvensiya ixtiro, foydali model, tovar belgilari, sanoat namunalari,
firma nomlari, tovarlarning kelib chiqish joylari, nomlari kabi
obyektlarni muhofazalash, shuningdek, nohalol raqobatning oldini
olishning umumiy asoslari, tamoyillarini belgilab beradi. 1970-yilda
Vashingtonda tuzilgan Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma
(RST) eng muhim xalqaro shartnomalardan biridir. RST, birinchi
navbatda, ixtirolarga bir necha mamlakatda muhofaza olishni
osonlashtirish va arzonlashtirishga yo‘naltirilgan. Shartnoma,
shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar patent tizimining ish
samaradorligini oshirish va bu mamlakatlar aholisining ilg‘or
texnik yechimlar, ixtirolar to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanishini
224