Page 220 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 220

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
                     6.4. Intellektual mulk obyektlarini muhofaza
                                        qilish usullari
            Huquqning rivojlanish tarixi bevosita davlat tarixi bilan bog‘liq.
          Huquq iqtisodiy bazis va uning asosida jamiyatning madaniy
          rivojlanishi demakdir va bundan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas

          deb taʼriflash mumkin.
            Huquq, xususan, huquqiy tizim muayyan ijtimoiy munosabatlardan
          boshlanadigan ayrim meʼyorlardan tashkil topadi.
            Huquq  meʼyori  ayrim  shaxslar,  tashkilotlar,  davlat  organlari  va
          hokazolarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalardir.
          Faqat davlat butun mamlakat miqyosida ijtimoiy munosabatlarning
          huquqiy tartibini taʼminlab berishi mumkin.
            Huquq tizimi o‘z ichiga turli huquq sohalarini qamrab oladi, ular
          o‘z navbatida kichik soha va institutlarga bo‘linadi. Huquqiy tartibga

          solish  predmeti  bo‘yicha  birlashtirilgan  huquqiy  meʼyorlarning
          alohida guruhi huquq sohasidir. Huquqning har bir sohasiga uni
          tartibga  solish  predmetining  xususiyatlaridan  kelib  chiqadigan
          huquqiy tar tibga solishning o‘ziga mos uslubi xosdir.
            Intellektual mulk huquqi yoki intellektual mulk fuqarolik huquqi-
          ning  kichik  sohasidir.  Patent  huquqi  va  fuqaro  munosabatlari  ish-
          tirokchiliklarini individuallashtirish vositalarini muhofazalash, shu-

          ningdek,  noanʼanaviy  obyektlarni  muhofazalashdan  iborat  bo‘lgan
          mualliflik huquqi va sanoat mulki shu kichik sohaning institutlaridir.
            Patent  huquqi.  U  dastlab  feodalizmning  so‘ngi  davrlarida  feodal
          jamiyat negizida xo‘jalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga
          kelib, rivojlana boshlashi bilan yuzaga keldi. Patent huquqi – ishlab
          chiqarishning  kapitalistik  usuli  ustun  kelishi  va  hokimiyatning
          burjuaziya qo‘liga o‘tishi natijasida shakllandi.
            Xo‘jalik yuritishning kapitalistik usuliga o‘tish bilan sifat jihatidan
          yangi vaziyat yuzaga keldi. Unga zarur moddiy-texnika bazasini

          yaratish sanoat inqilobi tusini oldi. Yevropa XVI asrning o‘rtalarida
          Buyuk sanoat inqilobi davrini boshdan kechirdi va u patent huquqi
          yuzaga kelishi uchun iqtisodiy shart-sharoit yaratdi.
            Bu inqilobning asosiy bosqichlaridan biri qo‘l manufakturasidan

                                               219
   215   216   217   218   219   220   221   222   223   224   225