Page 221 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 221
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ko‘plab ixtirolardan foydalanishga asoslangan mashinalar ishlab
chiqarishga o‘tish bo‘ldi.
Kapitalizmda ish qurollari va ishlab chiqarish vositalariga xususiy
mulkchilik tipi bo‘yicha ixtirolarni o‘zlashtirishga ehtiyoj yuzaga
keldi.
Maʼlumki, ixtirolarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish
har doim dastlabki sarmoya sarflashni talab etadi. Lekin hech bir
tadbirkor o‘zi sarflagan mablag‘dan foyda olishga ulgurmay turib
raqobatchilar xuddi shu ixtirodan nusxa olib uning tajribasidan
foydalana boshlamasliklariga kafolat olmasdan turib bunday
sarmoyalarni xavf-xatarga qo‘ya olmaydi. Aynan ana shu obyektiv
omil sababli ixtirolardan foydalanishda undan yetarli darajada uzoq
muddat foyda lanish va raqobat kurashida yutib chiqish imkonini
beradigan monopoliya zarur bo‘lib qoldi.
Bunday monopoliyani yaratish uchun yuridik vosita – patent
Yevropada feodal jamiyatidan buyon maʼlum edi.
Feodalizmda patentdan turli mol-mulk egalari va qirol o‘z xazinasi
foydasiga daromad manbalarini mustahkamlash vositasi sifatida
keng foydalanar edi. Feodal patent tizimi kapitalizm rivojlani-
shi uchun to‘siq edi, chunki qirol ko‘plab patent berish yo‘li bilan
istalgan narsadan foydalanishga yakkahokimlik (monopol) huquqni
o‘zi xohlagancha belgilay olardi. Burjuaziya, tabiiyki, bunday holatga,
xususan, feodal monopoliyalar va ixtirolarga monopoliyalar joriy
etishga qarshi faol kurasha boshladi. Bunda iqtisodiyot ixtirolarga
monopoliyalar feodalning marhamati bilan emas, balki muntazam,
yaʼni qonunda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilishi talab qilinardi.
Patent huquqini himoyalash sohasidagi ilk qadamlar Angliyada
qo‘yildi. Mamlakatda feodallarga tegishli imtiyozlar tizimini patent
huquqiga aylantirish jarayoni XVII asrda boshlandi. AQSh Angliyadan
keyin ixtirolarni muhofazalash qabul qilingan mamlakat bo‘ldi.
Yevropaning boshqa mamlakatlarida patent qonunlari nisbatan
kechroq qabul qilindi.
Milliy patent tizimlarini ikkita guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi
guruhni patent tizimini “kontinental huquq” tamoyili belgilab
220