Page 226 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 226
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
osonlashtirish yo‘li bilan ularning iqtisodiy rivojlanishini
rag‘batlantirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston 1993-yilda RST aʼzosi
bo‘ldi.
Ixtirolar sohasida 1971-yilda tuzilgan Xalqaro patent
klassifikatsiyasi to‘g‘risidagi Strasburg bitimining maqsadi patent
hujjatlarini mufassal ierarxik indeksatsiyalash va qidirishning
yagona tizimini yaratishdan iboratdir . Bu bitim bilan Xalqaro patent
25
klassifikatsiya (XPK) taʼsis etilgan bo‘lib, u texnikaning hamma
sohasini 70000 dan ortiq kichik ruknlardan iborat sakkizta asosiy
bo‘limga ajratadi. XPK turli patent-axborot tadqiqotlari, patent
ekspertizasini samarali o‘tkazish imkonini beradi, bu esa patent
axborotini tezkor va tijorat nuqtai nazaridan qimmatli axborotlar
manbaiga aylantiradi. Hozirgi vaqtda XPKdan deyarli barcha
davlatlar va tashkilotlar keng foyda lanmoqda. XPK to‘g‘risidagi Bitim
doirasida Ittifoq tuzilgan bo‘lib, u o‘z Assambleyasiga ega. Assambleya
Ittifoqning budjeti va ikki yillik dasturini qabul qiladi.
Butunjahon savdo tashkiloti (BST) taʼsis etilishi intellektual
mulk sohasidagi xalqaro kooperatsiyaning rivojlanishiga turtki
bo‘ldi. Intellektual mulk huquqlari bo‘yicha eng asosiy jihatlarni bir
xillashtirishga qaratilgan eng so‘ngi yo‘nalishlar Intellektual mulk
huquqlari bo‘yicha savdo masalalari to‘g‘risida Bitim (TRIPS) da
mujassamlashdi. Uning loyihasi 1994-yilda BSTning Urugvay raundi
davomida taklif etilgan edi. Bugungi kunda TRIPSga qo‘shilish har bir
davlatning BSTga kirishi uchun zarur shartdir.
Albatta, intellektual mulkni muhofazalash sohasidagi xalqaro
kooperatsiyani kuchaytirish, milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish
davlatlar va mintaqalarning industrial, iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishi
yo‘lida xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda tobora katta
ahamiyat kasb etadi.
Patent huquqi va uning obyektlari. Innovatsion rivojlanish
sharoitida faol xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish ko‘p jihatdan
kompaniyada ishlab chiqilayotgan va amalda qo‘llanilayotgan
ilg‘or texnik yechimlarni himoya qilish zarurati bilan bog‘liq.
25 https://www.wipo.int/treaties/ru/classification/strasbourg/
225