Page 219 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 219

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             himoyalanishi lozim bo‘lgan intellektual mehnat natijalarini himoya
             qila olmaydilar. Intellektual mulkni muhofaza qilishning to‘g‘ri yo‘lga
             qo‘yilgan tizimi qaroqchilik va kontrafakt mahsulotlarga samarali
             qarshi  kurashish  vositasi  sifatida  xizmat  qiladi. Intellektual
             faoliyatning  himoyalangan  natijalaridan  noqonuniy  foydalanish

             nafaqat  mamlakatimiz  uchun,  balki  butun  dunyo  mamlakatlari
             uchun  ham  jiddiy  muammoga  aylanib  ulgurdi.  Isteʼmol  bozorida
             soxta va kontrafakt mahsulotlar miqdorining sezilarli darajada oshib
             ketishi  isteʼmolchilarga  jiddiy  zarar  yetkazadi,  davlat  ham  katta
             yo‘qotishlarga  uchraydi,  mahalliy  va  xorijiy  ishlab  chiqaruvchilar
             ham bundan aziyat chekadilar. Intellektual mulkni samarali huquqiy
             himoya qilishning mavjudligi har qanday mamlakat iqtisodiyotining
             jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi, chunki bu sohada
             amalga oshirilayotgan va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan davlat siyosati
             xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  innovatsion  faoliyatini

             rag‘batlantirish va innovatsion mahsulotlar yaratuvchilarining
             ijodiy faolligini oshirish omili hisoblanadi.
                  Asosiy  maqsadi  u  yoki  bu  masalalarni  hal  etish  uchun  yangi
             bilimlarning      uzatilishi    bo‘lgan    texnologiyalar        transferiga
             intellektual  mulkni  himoya  qilish  mexanizmining  samaradorligi
             to‘g‘ridan-to‘g‘ri  taʼsir  ko‘rsatadi.  Intellektual  mulk  huquqlarini

             himoya qilish, innovatsiyalarni himoya qilish innovatsion jarayonlarni
             boshqarishning muhim vazifasidir. Ushbu muammoning hal etilishi
             texnologiyalarni  uzatish  jarayoni,  innovatsiyalar  diffuziyasi,  xuddi
             boshqa tovar va xizmatlar kabi ularning sotilishi va sotib olinishi
             jarayonlarini  jadallashtirish  imkonini  beradi.  Intellektual  faoliyat
             mahsulotlarini  almashish  natijasida  yaratilgan texnologiyalar
             bozorining  ahamiyati  bugungi  kunda  har  qachongidan  ham  o‘sib
             borayotganligini  kuzatishimiz  qiyin  emas.  Intellektual  mulk  –  bu
             katta foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tashkilotning muhim nomoddiy

             aktivi  hisoblanishi  bois,  tegishli  himoyani  taʼmin  etish  asosida
             raqobatchilar tomonidan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish juda
             muhimdir.



                                                  218
   214   215   216   217   218   219   220   221   222   223   224